Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Ko‘chada bemaqsad yurish nima degani? Bunga qanday javobgarlik bor?
19.04.2020 22:56,  
1626

Ayrim fuqarolarda ko‘chada bemaqsad yurish nima o‘zi va bunga rioya qilmasa qanday javobgarlik mavjud degan savollar tug‘ilmoqda. Bu haqdagi savollarga Adliya vazirligi mas’ul xodimi Sardorbek Sotivoldiyev javob berdi.

Ma’lumki, Respublika maxsus komissiyasi qaroriga asosan, Toshkent va Nukus shaharlari, viloyatlar markazlari, Toshkent viloyatining Angren, Bekobod, Olmaliq, Chirchiq va Yangiyo‘l shaharlarida fuqarolarning uydan ko‘chaga bemaqsad va sababsiz chiqmasliklari uchun majburiy ravishda o‘zini yakkalash” hayot tarzi joriy etilgan.

Belgilangan tartibga ko‘ra, “o‘zini yakkalash” hayot tarzida ko‘chaga faqat quyidagi sabablar bilan chiqish mumkin:

birinchidan, hayotiy zarur bo‘lgan ehtiyojlari (oziq-ovqat, dori-darmon, tibbiy buyum va vositalarni xarid qilish va b.) uchun. Bunda shaxs faqat o‘zining yashash hududidagi do‘kon yoki dorixonaga borishi nazarda tutiladi;

ikkinchidan, shifokor ko‘rigiga murojaat etish uchun;

uchinchidan, ish joyiga borish va kelish uchun.

Shuningdek, Maxsus komissiya qarori bilan Toshkent, Nukus shaharlari hamda viloyatlar markazlarida uy hayvonlari (uy itlari)ni uydan 100 metr atrofida kuniga bir marotaba sayr qildirishga ruxsat berildi.

Ushbu holatlardan tashqari boshqa maqsadlarda ko‘chaga chiqish bu bemaqsad ko‘chaga chiqish sifatida qaraladi va karantin qoidalarini buzish hisoblanadi. Misol uchun, sayr, sport bilan shug‘ullanishga yoki shunchaki yaqin qarindoshini ko‘rishga chiqish ham bemaqsad ko‘chaga chiqish deb topiladi.

Xorijda bu bo‘yicha amaliyot qanday?

Aksariyat xorijiy davlatlarda ham o‘zini yakkalash hayot tarzi joriy etilgan va ko‘chada bemaqsad yurganlik uchun javobgarlik belgilangan.

Xorijiy davlatlarda ham bizga o‘xshash, ya’ni karantin vaqtida oziq-ovqat va dori-darmon xarid qilish kabi birinchi galdagi hayotiy zarur ehtiyojlar uchungina ko‘chaga chiqishga ruxsat etiladi. Hatto ushbu davlatlarda ko‘chaga chiqish uchun alohida hujjatlar yoki ro‘yxatdan o‘tish ham talab qilinadi.

Masalan, Fransiya va Italiyada uydan ko‘chaga chiqish sababini tushuntiruvchi alohida ma’lumotnoma, Gretsiyada ko‘chaga chiqish sababi ko‘rsatilgan ariza, Qirg‘izistonda shaxsini tasdiqlovchi hujjat va yo‘nalish varaqasi, Rossiya (Moskva)da shahar merligi sayti orqali maxsus QR-kod, Kiprda esa kuniga bir marotaba Hukumat tomonidan maxsus SMS-xabar yuborilgandan so‘ng ko‘chaga chiqishga ruxsat etiladi.

Yoki Ukrainada uyni tark etishga faqat magazin, dorixona va tibbiyot muassasalariga borish maqsadlarida ruxsat beriladi. Karpatorti, Volin, Chernovitsk viloyatlarida 11 apreldan 13 aprelgacha fuqarolarga o‘z uylarini har qanday maqsadlarda tark etish taqiqlandi, ularga oldindan birinchi zarurat mahsulotlarini sotib olish tavsiya etildi, xolos.

AQShda esa turli shtat gubernatorlari farmoyishiga binoan bir qator cheklovlar, xususan fuqarolar o‘z uylarini magazinga yoki vrach oldiga borish uchun tark etishi mumkinligi to‘g‘risida cheklovlar o‘rnatildi.

Ispaniyada do‘kon va dorixonada xaridni amalga oshirish zaruratidan tashqari, boshqa har qanday holatda ko‘chaga chiqish taqiq ostiga olingan. Barselonada esa ko‘chaga chiqishni xohlagan shaxsning yonida Hukumat tomonidan beriladigan yo‘l qog‘ozi bo‘lishi shart.

Belgiyada esa 18 martdan boshlab qattiq karantin rejimi amalda bo‘lib, zarur hollardan tashqari uyni tark etish taqiqlanib, tark etgan holda esa o‘zaro masofani saqlash lozimligi va guruh bo‘lib yig‘ilmaslik belgilandi.

Deyarli barcha davlatlar ko‘chalarda bemaqsad yurish holatlari bo‘yicha qat’iy jazo choralarini belgilashgan. Masalan, bunday huquqbuzarliklar uchun Fransiyada 130 yevro, takroran sodir etilsa 1500 yevro jarima, Italiyada 200 yevrogacha jarima yoki 3 oygacha ozodlikdan mahrum qilish, AQShning ayrim shtatlarida izolayasiya rejimini buzganlik uchun 2000 dollar jarima, ayrim shtatlarida 10 000 dollargacha jarima va bir yilgacha qamoq jazosi tayinlanishi mumkin.

Sababsiz ko‘chaga chiqqan shaxslarni kim va qanday aniqlaydi?

Amaldagi qonunchilikda va maxsus komissiyaning qarorlari bilan ichki ishlar organlari, Milliy gvardiya va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlarga karantin qoidalarini buzib, bemaqsad ko‘chada yurgan fuqarolarga qat’iy choralar ko‘rish vakolati berilgan.

Ushbu organ xodimlari ko‘chaga chiqqan fuqarolarni to‘xtatib, ularning nima maqsadda ko‘chada yurganliklarini so‘rashi va asl holatni aniqlash, bemaqsad ko‘chaga chiqqan fuqarolarga nisbatan tegishli choralar ko‘rish masalasini hal qilish huquqiga ega.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан