Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«Ko‘kaldosh» va «Xadichai Kubro» madrasalariga qabul imtihonlari bo‘lib o‘tdi (fotojamlanma)
18.09.2020 12:12,  
26295

Kecha, 17 sentyabrda O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi «Ko‘kaldosh» o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi va «Xadichai Kubro» ayol-qizlar o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasiga kirish imtihonlari 2 qismda, ya’ni ertalab 8:00 da va kechki 17:00 da bo‘lib o‘tdi. Test jarayonlarini Davlat test markazi olib bordi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, qabul imtihonlari test sinovi shaklida o‘tkazildi. 

Musulmonlar idorasi tasarrufidagi o‘rta maxsus islom ta’lim muassasalarida 2020-2021 o‘quv yili bo‘yicha quyidagi fanlardan qabul imtihonlari o‘tkaziladi:

  • – 1-blok «Chet tili» 30 ta savol, har bir to‘g‘ri javobga 3.2 ball beriladi, jami 96 ball;
  • – 2-blok «Tarix» 30 ta savol, har bir to‘g‘ri javobga 3.1 ball beriladi, jami 93 ball.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi o‘rta maxsus islom ta’lim muassasalariga 2020-2021 o‘quv yili uchun abituriyentlar hujjatlari masofaviy tarzda qabul.muslim.uz sayti orqali 20 iyunidan 10 iyuligacha (shu kuni ham) qabul qilindi.

Natijada «Ko‘kaldosh» o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasiga jami 1 050 nafar, «Xadichai Kubro» ayol-qizlar o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasiga 1 392 nafar abituriyent hujjat topshirdi.

Shulardan «Ko‘kaldosh» madrasasiga 30 nafar va «Xadichai Kubro» ayol-qizlar madrasasiga 20 nafar talaba o‘qishga qabul qilinadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан