Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Kolima — dahshat ostonasi
6.11.2019 19:28,  
1788

Yutubda 5 milliondan ortiq obunachiga ega rossiyalik bloger Yuriy Dudning “Kolima – rodina nashego straxa” deb nomlangan 2 soatlik hujjatli filmi rus mediasida shov-shuvlarga sabab bo‘ldi. Unda Stalin qatag‘onlarining ayanchli oqibatlari haqida fikr bildirilgan.

2018 yil oktyabrda Butunrossiya jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi o‘tkazgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, 18 yoshdan 24 yoshgacha bo‘lganlarning qariyb yarmi Stalin qatag‘onlari haqida hech qachon eshitmagan ekan. Yuriy Dud Stalin qatag‘onining o‘lim lagerlari – sovuq Magadan va Kolimaga borib, sobiq lagerlarning mash’um manzarasini, tobora odam qadami uzilayotgan makonlarni, tashlandiq shahar va qishloqlarni suratga oladi, sharoitlardan zada bo‘lgan mahalliy xalq vakillari, tarixchilar, sobiq mahbuslarning farzandlari bilan suhbat qiladi.

Filmda aytilishicha, 1930-1956 yillarda 20 000 000 kishi GULAGga tashlangan. Ulardan 2 000 000 nafari nobud bo‘lgan. Odatda “xalq dushmani” va boshqa ayblovlar bilan otish va hibsga olish uchun har bir respublikaga raqamlar belgilanar, respublika kuch ishlatar tizimlari shu raqam bo‘yicha “ayblanuvchilar”ni yetkazib berishi talab etilardi. Vaziyat shu darajaga yetdiki, respublika rahbariyatlari markazga “Bizda hali xalq dushmanlari ko‘p ekan” deb kvotani oshirish bo‘yicha taklif yubora boshlaydilar.

Magadan, Kolimaning o‘lim lagerlarida bir qancha o‘zbek ziyolilari ham nobud bo‘lgan. Qish oylarida harorat 50°-60° gacha tushgani uchun ko‘plab mahbuslar ochlik va sovuqdan vafot etib ketishgan, yana qanchadan-qancha mahbuslar, qo‘l-oyoqlariyu quloqlarini sovuqqa oldirishgan. Buyuk shoir Usmon Nosir ham Magadan qamoqxonalarida sovuqdan jinni bo‘lib qolayozadi, so‘ngra Kemerovo viloyatidagi qamoqxonaga yuborilib, 1944 yil vafot etadi. Germaniyada o‘qigan ilk o‘zbek yoshlaridan Maryam Sultonmurodova NKVDning Kolimadagi «Dalstroy» lagerida 1939 yildan 1947 yil 13 sentyabrga qadar ishlaydi…

Kolima – rodina nashego straxa”ni ko‘rishni tavsiya etaman. 9-may arafasida mustabid Stalinni ko‘kka ko‘taruvchilarga yaxshigina “sovg‘a” bo‘ladi bu. “Qo‘rquv — ozodlikning eng katta dushmani” deb xulosalaydi bloger.

07.05.2019

PS. Bloger Nurbek Alimov tashabbusi bilan Yuriy Dudning bu filmi "Kolima - qo‘rquvlarimiz vatani" nomi bilan dublyaj qilindi va Yutub kanaliga joylandi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан