Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Komil Allamjonov mast holda mashina haydaganlarni 15 sutkaga qamashni taklif qildi
26.12.2021 12:01,  
51

Mass-media fondi raisi yiliga minglab odamlar vafot etayotganini inobatga olib, bu sohada favqulodda holat e’lon qilish kerak deb hisoblaydi. Ahvol ko‘chada o‘ta og‘ir.

“Spirtli ichimlik iste’mol qilib transport boshqarayotgan haydovchilarga nisbatan 15 sutka qamoq jazosi va haydovchilik guvohnomasidan mahrum qilishni taklif qilaman”, – deya yozdi Allamjonov o‘zining Telegram kanalida.

Avvalroq transport vositasini mast holda boshqarganlik uchun jazo choralari kuchaytirilishi kutilayotgani ma’lum bo‘lgan edi.

Amaldagi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 131-moddasiga asosan, mast holda mashina haydash transport vositasini boshqarish huquqidan 1 yilu 6 oydan 3 yilgacha muddatga mahrum qilib, 25 BHM (6,7 mln so‘m) jarimaga solishga sabab bo‘ladi. 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан