Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Komil Allamjonov prezident bo‘lishni maqsad qilganmi?
7.07.2021 21:04,  
522

Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov BBC o‘zbek xizmatiga intervyu berdi — deya yozmoqda "Xabar.uz".

Suhbat davomida jurnalist: «Komil Allamjonovni prezident bo‘lishga maqsad qilish yoki orzu qilishda ayblay olamizmi?» deya savol berdi.

«Yo‘q, menda siyosiy ambitsiyalar yo‘q... Har bitta kitob yozayotgan odam, har bitta yangi-yangi loyihalarni qilgan odam, albatta prezident bo‘lishni orzu qilib amalga oshirmaydi bu ishlarni. Hammaning o‘z maqsadlari bor. Mening hozirgi bosh maqsadim, yoshlarni ilmga jalb qilish. Bugun jamiyatimiz rivojlanishi, oyoqqa turishi uchun ikkita narsa kerak: yoshlarimiz yo bilimli bo‘lishi kerak, yo hunarli bo‘lishi kerak.

Har bitta kitob yozgan odam, har bitta «Zakovat»ga o‘xshagan yirik loyihalarni qilayotgan odam siyosiy ambitsiyalar bilan yashayveradigan bo‘lsa, bilasizmi... hammaning dunyoqarashi, maqsadi har xil. Menda bunday ambitsiyalar yo‘q», — deya javob qaytardi Allamjonov

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан