Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Komil Allamjonov «Shovvozsoy» atrofidagi voqealarga munosabat bildirdi
20.03.2021 12:39,  
1146

Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi raisi Komil Allamjonov «Kun.uz» sayti bilan suhbatda «Shovvozsoy» haqida tarqalgan xabarlarga to‘xtaldi.

«Prezidentimizning javoblaridan keyin bu masalaga o‘rin qolmadi, deb hisoblayman. Biz har doim har qanday ko‘tarilgan masalaga zudlik bilan va to‘g‘ri javob berish tarafdori bo‘lib kelganmiz. Samimiylik va ochiqlik foyda bersa beradi-ki, lekin zarar keltirmaydi.

Har doim bir fikr tarqaldimi, ikkinchi tarafning ham fikri bilan qiziqish kerak. Endi bu masalada u tomonni ham, bu tomonni ham ma’lumotlarini eshitib, xalqning o‘zi xulosa chiqarib oladi, deb o‘ylayman. Eng asosiysi, prezidentimizning o‘zlari bilan bog‘liq shaxsiy masalaga ham ochiq yuz bilan javob berishlarini men yaxshi signal deb hisoblayman
», – dedi Komil Allamjonov.

Mass-media fondi rahbari avvalroq «O‘zbekiston temir yo‘llari» bergan izohdagi haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan holatlar haqida ham gapirgan.

«Bu holatlarni men ham O‘zbekiston fuqarosi sifatida kuzatib bordim. Albatta, buni «O‘zbekiston temir yo‘llari» matbuot xizmatining pala-partish va o‘ylamay qilgan ishi deb hisoblayman. Ularning yolg‘on ma’lumotlar berishi, o‘sha videolarni tarqatishi qanday oqibatlarga olib kelishini bugun matbuotda ko‘rdik.

Matbuotda bir oltin qoida bor: Har qanday berilayotgan ma’lumot yoki izoh yolg‘ondan iborat bo‘lishi kerak emas. Musulmonchasiga aytganda, yolg‘on aralashgan joydan baraka qochadi. Shuning uchun ham biz doim matbuot xizmatlari xodimlarining malakasini oshirish juda ham muhimligini aytib kelamiz. O‘ylamasdan tarqatilgan bu ma’lumot ham qanday mish-mishlar va yolg‘on ma’lumotlar ko‘payib ketishiga sabab bo‘ldi
», — deya qayd etadi Komil Allamjonov.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oyda ijtimoiy tarmoqlarda «Ugam-Chotqol» milliy tabiat bog‘i tasarrufidagi «Shovvozsoy» haqida turli xabarlar tarqalgandi. Bu xabarlarga «O‘zbekiston temir yo‘llari» munosabat bildirgandi.

18 mart kuni jurnalistning shu masalada bergan savoliga prezident Shavkat Mirziyoyev bu maskan davlatga tegishli ekani, martabali yoki O‘zbekistonga foydasi tegadigan inson kelsa, o‘zi ham mehmon bilan borishini aytib o‘tdi

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан