Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Komil Allamjonov va Saida Mirziyoyeva «Zakovat» loyihasini o‘z otalig‘iga oldi
15.01.2021 19:21,  
268

“Zakovat” intellektual loyihasi yopilmaydi. Bu haqda Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov ma’lum qildi.

“Zakovat” yopilmaydi. Aksincha, gullaydi. Biz Saida Mirziyoyeva bilan ushbu loyihani o‘z otalig‘imizga oldik. Bu yil inshaalloh ushbu media loyiha orqali respublikamizda yangidan yangi bilimdon yoshlarni kashf qilamiz”, - deb yozgan Komil Allamjonov Telegram’dagi kanalida.

Avvalroq, Komil Allamjonov muassisligidagi “Milliy” telekanali "Zakovat" namoyishini to‘xtatgani xabar qilingandi.

Dastur muallifi Abdurasul Abdullayev “Milliy” telekanali muassisi Komiljon Allamjonov bilan bu masala bo‘yicha uchrashganini bildirdi. 

“U “Zakovat” efirdan olinganligidan bexabar bo‘lganini, bu haqda ijtimoiy tarmoqlar orqali xabar topganini, bilimga chanqoq yoshlar talabi albatta inobatga olinishi zarurligini bildirdi. O‘zi hozirgi kunda faoliyat olib borayotgan “Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi” homiyligi ostida “Zakovat”ni qayta tiklash, yanada boyitish, sovrin uchun hatto avtomobil qo‘yish taklifini aytdi”, - dedi Abdurasul Abdullayev.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан