Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Ko‘ngilochar tadbirlarni ko‘paytirib yuboryapmiz — O‘zbekistonda koronavirusdan kasallanish ortayotganining sabablari aytildi
23.06.2021 16:07,  
292

Bugun AOKAda o‘tkazilgan brifingda Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Sevara Ubaydullayeva mazkur masala yuzasidan tushuntirish berdi.

«Bu savolga bir nechta javob bor:

Aholi orasida niqoblar taqilmay qo‘yilgani — bu infeksiyani odamdan odamga yuqish uchun juda qulay sharoit, ya’ni hozir kunlar issiq, havo quruq — virusning havoda harakatlanishiga to‘sqinlik yo‘q va u bemalol insonlarning yuz va qo‘l terisiga yoki ko‘z shilliq qavatiga, burundan nafas olamiz — havodagi virus burun shilliq qavatiga yoki tomoqqa tushadi hamda hujayra ichiga kirib, kasallik chaqirishga imkoniyat qidiradi;

Qo‘llarni sovunlab yuvmay qo‘ydik yoki spirtli antiseptiklardan foydalanmay qo‘ydik — bu esa qo‘l terisiga tushgan virusning tozalanmasligiga, qo‘llar ko‘z, burun yo og‘izga tekkizilganda virus organizmga tushadi, natijada bu kasallik chaqirishni yanada kuchaytiradi;

Ijtimoiy masofani saqlamay qo‘ydik — ya’ni juda ko‘p to‘y-hashamlar, tug‘ilgan kunlar va odamlar to‘planishi mumkin bo‘lgan ko‘ngilochar tadbirlarni ko‘paytirib yubormoqdamiz. Bu kabi ko‘ngilochar tadbirlarda:

● bir oila a’zolaridan tashqari bir necha oilalar va odamlar soni 30 dan ortib ketmoqda;

● tadbirlar yopiq joylarda, umumiy sig‘imdan 50% dan ortiq odamlar ishtiroki kuzatilmoqda, ya’ni agar 100 kishilik to‘yxonada tadbir bo‘lsa, talab bo‘yicha 50 kishidan ortmasligi kerak, lekin bugungi kunda to‘y-hashamlarda 100-150 tadan odam ishtirok etmoqda;

● bunday ko‘ngil ochar tadbirlarga hech kim oldindan PSR-testini topshirmaydi va kelayotgan mehmonlardan test natijasi so‘ralmaydi;

● kelayotgan mehmonlarni tana harorati o‘lchanmaydi;

● niqoblar taqilmaydi va spirtli antiseptiklar bilan tez-tez qo‘llar ishlov berilmaydi.

Axir biz to‘y-hashamlarga ko‘ngil ochish uchun boramiz, unda ovqatlanish kerak, insonlar ko‘ngil ochmoqchi bo‘lgandan keyin uzoq davom etuvchi suhbatlar va muloqotlar bo‘ladi. Bularning hammasi — koronavirus tarqalishiga katta zamin yaratmoqda», dedi Sevara Ubaydullayeva.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан