Kongoda yana bir xavfli kasallik tarqala boshladi

Kongoda yana bir xavfli kasallik tarqala boshladi

Kongo Demokratik Respublikasi 2018 yili tugaganligi aytilgan ebola virusi yana tarqalayotganligini e’lon qildi.

Mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi e’lon qilgan ma’lumotlarga ko‘ra Beni viloyatida oxirgi bir hafta ichida 6 nafar inson ebola bilan kasallanganligi aniqlandi.

Vazirlik kasallikni jilovlash uchun Jahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti bilan hamkorlikda ishlashini aytib o‘tgan.

Ma’lumot uchun, ebola virusi 2013 yil dekabr oyida g‘arbiy Afrikada tarqalgan. Kasallik 30 ming insonga yuqqan, ulardan 11 ming nafari vafot etgan edi.