Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Konor Makgregorni irqchilikda ayblaganlar Rossiya prokuraturasiga arz qilishdi
31.10.2019 18:43,  
300

Rossiya Federatsiyasi Jamoatchilik palatasi a’zosi Sulton Hamzayev irlandiyalik jangchi Konora Makgregorni dog‘istonliklar haqida aytgan gaplari uchun jazolashga chaqirdi, deb xabar beryapti Sport24 nashri.

Hamzayev bu sportchiga qarshi “Adovat asosida nafrat qo‘zg‘ash, insoniy qadr-qimmatni toptash” jinoiy moddasi bo‘yicha ish ochishni taklif qildi.

Makgregorning mojarolarga sabab bo‘lgan bayonoti uning Moskvadagi matbuot anjumanida yangragan, o‘shanda u Mutlaq jangchilar turniri(UFC)ning amaldagi chempioni Habib Nurmagomedov va barcha dog‘istonliklarni “qo‘rqoq” deb atagandi.

Hamzayevning fikricha, dog‘istonliklarga nisbatan bunday haqorat irqchilik sanaladi va Makgregorning bu bayonoti oldindan “Rossiyadagi ichki vaziyatni buzish maqsadida o‘ylab qilingan”.

“Biz Konordan butun Dog‘iston xalqidan uzr so‘rashini talab qilamiz. Biz birinchi bo‘lib bunday fashizmga qo‘l urmadik. Uning so‘zlari tijoriy emas, siyosiy xarakterga ega”, degan Hamzayev allaqachon bu masalada Rossiya bosh prokurori Yuriy Chaykaga murojaat qilganini bildirdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан