Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Konservatoriya va O‘zbek milliy musiqa san’ati institutiga rektor tayinlandi
16.06.2020 13:49,  
372

O‘zbekiston Davlat konservatoriyasi rektori lavozimiga O‘rinbayev Kamoliddin Turdimuratovich  nomzodi tasdiqlandi.

U 1985 yilda tug‘ilgan, 2007 yilda O‘zbekiston Davlat konservatoriyasini, 2009 yilda mazkur konservatoriyaning magistraturasini, 2014 yilda P.I.Chaykovskiy  nomidagi Moskva davlat konservatoriyasini tamomlagan.

Mutaxassisligi orkestr sozandasi (g‘ijjak), Opera simfonik orkestri dirijyori, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist unvoni bilan mukofotlangan. 

Shu kunga qadar Yoshlar simfonik orkestri dirijyori lavozimida ishlagan.

O‘zbekiston davlat konservatoriyasining O‘zbek maqom san’ati fakulteti hamda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining tegishli ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari negizida maqom ijrochiligi, xalq musiqasi yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlar tayyorlovchi Madaniyat vazirligi tizimidagi oliy ta’lim muassasasi shaklida Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti tashkil etilishi haqida xabar berilgan edi.

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov -Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti rektori lavozimiga tayinlandi. 

Endilikda Madaniyat vaziri rektorlik faoliyatini ham birgalikda davom ettiradi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан