Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Ko‘p kvartirali uylardagi 3 068 ta balkon o‘zboshimchalik bilan o‘rab olingan — Inspeksiya
15.02.2021 08:31,  
264

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi inspeksiyasi tomonidan 12 291 ta uy-joy fondlarining texnik xavfsizlik holatlarini o‘rganish natijalari bo‘yicha:

— 3 035 ta ko‘chmas mulk egalarining uyga tutash hududlarda noqonuniy qurilmalar barpo etganligi,

— ko‘p kvartirali uylardagi 3 068 ta balkonlar o‘zboshimchalik bilan o‘rab olinganligi,

— 4 228 ta uyning fasadlaridan noqonuniy eshiklar ochilganligi,

— 1 395 ta uydagi xonadonni ichki qismi ruxsatsiz o‘zgartirilganligi, 

— 330 ta umumiy foydalanishda bo‘lgan hududlar to‘sib olinganligi,

— 19 742 kv.m. uyga tutash yer maydoni o‘zboshimchalik bilan egallab olinganligiga oid aniqlangan huquqbuzarliklar bo‘yicha berilgan majburiy ko‘rsatmalarga asosan 4650 tasi joyida bartaraf etilishiga erishilgan.

Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar berdi.

Qolganlarini sud tartibida bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.

Qayd etilishicha, aniqlangan huquqbuzarliklar yuzasidan 627 nafar aybdor shaxsga nisbatan ma’muriy jarimalar qo‘llashga oid sudlarga kiritilgan materiallar bo‘yicha aybdorlarga 124,5 mln so‘mlik jarimalar qo‘llanilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан