Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






“Ko‘pkari”ga xorijiy jurnalistlar ham qo‘shilgan"
2.04.2021 08:11,  
2787

Oxirgi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarning faollari va jurnalistlar tomonidan Toshkent shahrining Amir Temur xiyobonida sodir etilgan tartibsizliklar, fuqaro Miraziz Bozorovning ig‘voli chiqishlari hamda unga nisbatan noma’lum shaxslar tomonidan yetkazilgan tan jarohatlari oqibatida jinoyat ishi ochilganligi keng muhokamalarga sabab bo‘lyapti.

Ushbu “ko‘pkari”ga yurtimizda faoliyat olib borayotgan xorijiy vakillar va jurnalistlar ham qo‘shilgan. Bu haqda IIV Axborot xizmati xabar bermoqda. 

"Biz e’tiborni 2021 yilning fevral oyidan buyon O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligidan akkreditatsiyadan o‘tib O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan “Al Jazira” xalqaro OAVsining muxbiri Agniyeska Pikulichka (Agnieszka Pikulicka)ga qaratmoqchimiz.

Jurnalist, joriy yilning 29 martdan boshlab M.Bozorov atrofida bo‘layotgan voqealarga noxolis yondashib o‘zining “Tvitter” ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida aslida ro‘y bermayotgan voqealarni yoritib kelmoqda.

Masalan, “Mening yigitimni maxsus xizmatlar so‘roq qilishyapti, (u jurnalist emas, faol emas, faqat kecha men bilan bolnitsada bo‘lgan). Bu noto‘g‘ri yo‘l. Hurmatli maxsus xizmatlar, sizlar odamlarga o‘ldirish bilan tahdid qilayotgan, radikallar bilan ishni hal eting” https://twitter.com/Aga_Pik/status/1376495053904969732

“Maxsus xizmatlar geylarni faol qidirishmoqda. Odamlarni rasmlarini ko‘rsatib, ularni geylikda gumonlashyapti. Odamlarga LBGT jamoasi xaqida ma’lumot tarqatishlik haqida bosim o‘tkazishyapti. Ertaga boshqalar ham so‘roq qilinadi. Bu yangi O‘zbekiston”. https://twitter.com/Aga_Pik/status/1376570739239829515

“Men bilaman, Maxsus xizmatlar mening do‘stlarimdan geylar haqida so‘rashyapti. Men xorijlik bo‘lganim uchun meni so‘roqqa chaqirishmadi. Ishoning, bu yalmog‘izlarga ov!” 

“Men, uning (M.Bozorovning) provokatsiyalari haqida bilaman. Lekin bu uning oyog‘ini sindirishga bahona emas. Uni gapiga biz shubha bilan qaraymiz. Endi, barcha uni bolnitsada xabar olgan odamlarni LBGT jamoaga aloqadorligi savol tug‘ilmoqda. Mening yigitim sinib qaytib keldi”.

“Mening bir do‘stim hozir DXXda, 4 yoki 5 soatdan beri. Boshqasini ertaga chaqirtirishyapti” https://twitter.com/Aga_Pik/status/1376911792220299268 va hokazolar.

Niqoblangan holdagi shaxsiy adovati yoki hissiyotini bayon etayotgan mazkur jurnalist, ma’lumotlarni go‘yoki O‘zbekistonda ro‘y berayotgan “salbiy Axborot” sifatida bir qator xorijiy internet nashrlariga tarqatgan.

Vaholanki, ushbu ma’lumotlar haqiqatga mutlaqo mos kelmaydi hamda mamlakatimizning huquqni muhofaza qiluvchi organlarini obro‘sizlantirishga qaratilganligining yaqqol misoli.

Muxbir Agniyeska Pikulichka o‘zi tayyorlayotgan materiallarining to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligini tekshirishi va xolis Axborot taqdim etishi majburiyatini  unutib, axborotni buzib talqin etib va soxtalashtirib  tarqatgan. Shuningdek ommaviy Axborot vositalari erkinligini suiiste’mol qilgan.

O‘zining harakatlari bilan, O‘zbekiston Respublikasining “Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonuni 6 moddasi, “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida”gi qonuni 7-moddasi hamda «Ommaviy Axborot vositalari to‘g‘risida»gi qonuni 6-moddasi talablarini buzgan.

haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan axborotni tarqatib, fuqarolarimizning ongini chalg‘itish, davlat organlari faoliyatiga nisbatan ishonchsizlik uyg‘otish hamda xorijiy ommaviy Axborot vositalariga noxolis ma’lumotlar yetkazib, yurtimiz haqida salbiy fikr shakllanishiga sababchi bo‘lishdan bu ayolga nima naf?

Bu masalaga biz yana qaytamiz", deyila rasmiy munosabatda

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан