Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Ko‘priklar va avtoturargohlarda mahsulotlarni sotish taqiqlanishi mumkin
25.12.2019 11:06,  
242

O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasining qaror loyihasi e’lon qilindi.

Loyiha davlat Soliq qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, unga ko‘ra Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 13 fevraldagi 75-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalari quyidagi mazmundagi 42 kichik band bilan to‘ldiriladi:

“Tovarlar, mahsulotlarni (xizmatlarni) yer osti yo‘llarida, ko‘priklarda, avtomobil yo‘llarining qatnov qismlarida, avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash joylarida sotish taqiqlanadi”.

Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 28 avgustdagi 253-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi bozorlarida savdo faoliyatini tashkil etish qoidalarining 13-bandi quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan to‘ldiriladi:

“tovarlar (mahsulotlar) va xizmatlarni bozorga kirish va chiqish yo‘laklarida, bozor hududidagi avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash joylarida sotish taqiqlanadi”.

Loyiha bilan to‘lig‘icha regulation.gov.uz portalida tanishib, o‘z fikr mulohazalaringizni bildirishingiz mumkin.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан