Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






2372 kishi jabrlangan «Korean and migration xususiy bandlik agentligi» bo‘yicha sud ishi boshlandi
2.06.2020 16:44,  
201

Jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tuman sudida sudlanuvchilar Qahramon Otaqulov (1979 yilda Buxoro viloyatida tug‘ilgan, muqaddam sudlangan, “Korean and migrations” xususiy bandlik agentligi” MChJ direktori), Odil Kabilov (1963 yilda Namangan viloyatida tug‘ilgan, muqaddam sudlangan, “Korean and migrations” xususiy bandlik agentligi” MChJ Namangan viloyat filiali direktori), Xushvaqt Turdiyev (1973 yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan, muqaddam sudlanmagan, “Korean and migrations” xususiy bandlik agentligi” MChJ ta’sischisi), Musurmon Aliqulov (1970 yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan, muqaddam sudlanmagan, “Korean and migrations” xususiy bandlik agentligi” MChJ o‘quv ishlari bo‘limi direktori), Anvarjon Shamshiddinov (1983 yilda Namangan viloyatida tug‘ilgan, muqaddam sudlangan, “Korean and migrations” xususiy bandlik agentligi” MChJ Namangan viloyat filiali ish yurituvchisi), Orifjon Jo‘rayev (1983 yilda Namangan viloyatida tug‘ilgan, muqaddam sudlanmagan, “Korean and migrations” xususiy bandlik agentligi” MChJ Namangan viloyat filiali g‘aznachisi), Mavluda Otajonova (1969 yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan, muqaddam sudlangan, “Korean and migrations” xususiy bandlik agentligi” MChJ hisobchisi), Ra’no Nuraliyeva (1976 yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan, muqaddam sudlanmagan, “Korean and migrations” xususiy bandlik agentligi” MChJ kadrlar bo‘limi inspektori), Kang Nam Kyu (1968 yilda Koreya Respublikasida tug‘ilgan, muqaddam sudlangan, “Korean and migrations” xususiy bandlik agentligi” MChJ hamkori) va Jolol Xidirov (1987 yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan, muqaddam sudlanmagan, vositachi) ga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha ochiq sud jarayoni boshlandi.

Sudlanuvchi Q. Otaqulov va boshqalar O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik), 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) va 243-moddasi (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish) da nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqdalar.

Mazkur jinoyat ishi sudya T. Qosimov raisligida ko‘rilmoqda.

Ish hujjatlariga ko‘ra, sudlanuvchi Q. Otaqulov va boshqalar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijda ishga joylashtirishga yolg‘on va’dalar berib, “Korean and migrations” xususiy bandlik agentligi” MChJ ga kelib murojaat qilgan fuqarolarning juda ko‘p miqdordagi pul mablag‘larini qo‘lga kiritishib, ushbu pullarni shaxsiy ehtiyojlariga sarflab yuborishgan.

Ushbu jinoyat ishi bo‘yicha 2 372 jabrlanuvchi va 4 fuqaroviy da’vogarlar mavjud.

Ayblov xulosasi bo‘yicha moddiy zarar miqdori 24,2 mlrd. so‘m bo‘lib, shundan dastlabki tergov mobaynida 13,3 mlrd. so‘m miqdorini bartaraf etish chorasi ko‘rilgan.

Sud jarayoni davom etmoqda. Keyingi sud majlisi 8 iyun kuniga tayinlangan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан