Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Koreya Respublikasi Orolbo‘yi mintaqasida amalga oshiriladigan ekologik loyihalarga 7 million dollar ajratadi
21.05.2021 00:03,  
73

BMT Bosh Assambleyasining Orolbo‘yi mintaqasini ekologik innovatsiya va texnologiyalar zonasi, deb e’lon qilish to‘g‘risidagi rezolyusiyasiga Koreya Respublikasi elchisi Kan Chje Kvon o‘z munosabatini bildirdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA.

- Avvalo, O‘zbekistonni xalqaro hamjamiyatning faol a’zosi sifatida BMTdagi navbatdagi muvaffaqiyati bilan tabriklayman. Butun insoniyat Orol dengizi inqiroziga munosib darajada qiziqish bildirishi kerak. Bu inqiroz atrof-muhit, mahalliy aholi hayoti, jamiyat va madaniyat, iqtisodiyot va taraqqiyot, insoniyat va kelajak uchun katta muammolar tug‘dirdi. Bu nafaqat Markaziy Osiyo, balki butun Osiyo qit’asi uchun dolzarb masaladir.

 Biz kurashishning aniq mexanizmlari taqdim etilgan va Orol dengizi muammolariga global javob berilgan mazkur rezolyusiyaning ijrosini sabrsizlik bilan kutamiz. Hayotimizda ko‘p sinovlar bor, lekin biz odamlar va atrofimizdagi go‘zal tabiatga tayanganimizda qanchalik qudratli ekanimizni anglab yetamiz.

Koreys xalqi o‘z tarixida ko‘plab misli ko‘rilmagan inqirozlar va mashaqqatlarni boshdan kechirgan. Ammo mamlakatimiz har qanday qiyin davrda davlatga ozgina bo‘lsada ko‘mak bergan o‘z xalqidan kuch-quvvat olgan, ruhlangan. Koreya Respublikasi, shuningdek, xalqaro hamjamiyat yordamiga tayanib ham ushbu sinovlarni munosib yengib o‘tgan.

Orol dengizi muammosini bartaraf etishda biz, avvalo, O‘zbekiston rahbariyati va xalqiga katta hurmat izhor qilamiz.

Koreya Respublikasi xalqaro hamjamiyat a’zosi sifatida Orol mintaqasini qo‘llab-quvvatlashga tayyor. Xususan, mamlakatimiz Orolbo‘yi mintaqasini qutqarish loyihalariga 7 million dollarga yaqin mablag‘ ajratmoqda. Janubiy Koreya ilmiy jamoatchiligi, tibbiyot tashkilotlari, kompaniyalari va ijtimoiy soha vakillari O‘zbekiston bilan birgalikda ushbu loyihalarni amalga oshirishda faol qatnashadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан