Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Koreyada komaga tushib qolgan o‘zbekistonlik sog‘lig‘i to‘g‘risida ma’lumot berildi
28.05.2019 15:39,  
26

O‘zbekiston TIV Koreyada komaga tushib qolgan Abram Oqilov sog‘lig‘i to‘g‘risida ma’lumot berdi.

TIV xabariga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarosi Abram Oqilovning sog‘ligi holati uni davolayotgan shifokorlar tomonidan “barqaror” deb baholanmoqda. Ayni paytda bemorning oldida bo‘lib turgan onasi, akasi va singlisiga uni aravachada kasalxona hududida sayr qildirishlariga shifokorlar tomonidan ruxsat berilgan.

Xabarda qayd etilishicha, elchixona, Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi vakolatxonasi hamda advokatlarning birgalikdagi sa’y-harakatlari natijasida sug‘urta kompaniyasi o‘zbekistonlikning Janubiy Koreya kasalxonasida davolanishi bilan bog‘liq barcha xarajatlarni qoplash va uning mehnatga layoqatsiz bo‘lgan davri uchun kompensatsiya to‘lash to‘g‘risida qaror qabul qilgan.

Diplomatik vakolatxona mazkur masalani nazoratga olgan va bemorga g‘amxo‘rlik qilayotgan qarindoshlari bilan doimiy muloqotda bo‘lib turibdi.

Abram Oqilov O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi orqali 2017-yilning noyabrida Janubiy Koreyaga kelgan va 2018-yilning 27-iyul kuni komaga tushib qolgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан