Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Koreyada koronavirus epidemiyasi pasayayotgani ma’lum qilindi
10.03.2020 11:57,  
739

Janubiy Koreyada Covid-19 koronavirus epidemiyasi tarqalishi sekinlashmoqda. Bu haqda mamlakat prezidenti Mun Je In o‘z maslahatchilari bilan uchrashuv chog‘ida ma’lum qildi.

Covid-2019 koronavirusi bilan kasallanganlar sonining ko‘payishining eng yuqori cho‘qqisiga chiqqanidan so‘ng — 28 fevral 916 kishi infeksiya yuqtirdi, kecha, 8 mart kuni, ularning soni 248 taga yetdi va doimiy ravishda pasayish tendensiyasini ko‘rsatmoqda. Biz ushbu tendensiyani saqlab qolishimiz kerak ", — dedi prezident.

Ammo hali quvonishga erta. Chunki Tegu, Kyonsan-Pukto va boshqa viloyatlaridagi kichik mahalliy jamoalarda virusning ommaviy tarqalishi davom etmoqda.

Koreya koronavirusning Xitoydan tashqaridagi eng yirik o‘choqlaridan biri. Eng so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, u yerda 7478 nafar bemorda Covid-19 koronavirusi qayd etilgan. Ulardan 53 tasi o‘lim bilan yakunlangan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан