Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Koreyadagi barcha masjidlar 4 ta shartga amal qilgan holda ochiladi
5.05.2020 11:19,  
588

Koreya Musulmonlar Federatsiyasi (KMF) 6 maydan boshlab, 4 ta shartga qat’iy amal qilgan holda, barcha masjidlarda jamoat va taroveh namozlari o‘qilishi mumkinligini e’lon qildi. Bu haqdagi Koreyadagi o‘zbeklar tomonidan yuritiladigan “Salom Koreya“ telegram kanalida xabar berildi.

Koronavirusning tarqalishini oldini olish uchun qo‘yilgan shartlar quyidagilardan iborat:

  • 1) Masjidga kirayotgan hammaning virusga chalinganlik alomatlarini tekshirish (harorat o‘lchash va tashqi alomatlar).
  • 2) Maska taqish va qo‘llarni dezinfeksiyalash vositasidan foydalanish.
  • 3) Qaydlar daftarida ism va telefon raqamini yozish.
  • 4) Har bir kishi orasida chap va o‘ng tomondan kamida 1 metrlik masofani saqlash (koronavirus sharoitida qabul qilingan chora).

Ushbu talablarga amal qilmagan kishilarning masjidlarga kirishiga ruxsat berilmaydi.

Shuningdek, ma’lum qilinishicha, Koreyada Fitr sadaqasi miqdori har bir kishi uchun 7,000 von qilib belgilangan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан