Koreya ikki tonnaga yaqin insonparvarlik yordami yubordi

Koreya ikki tonnaga yaqin insonparvarlik yordami yubordi

23 may, shanba kuni Seuldan taxminan 2 tonna bo‘lgan navbatdagi insonparvarlik yordami Toshkent tomon yo‘lga chiqdi, deya xabar beradi Dunyo agentligi.

To‘shak va yarim avtomatik mexanizmli 20 dona ko‘p funksiyali tibbiy ko‘rpa-to‘shaklar ko‘rinishidagi yuk Janubiy Koreyaning Suwan TPL kompaniyasi ko‘magida shakllantirildi va "O‘zbekiston havo yo‘llari" ning charter yuk reysi bilan O‘zbekistonga jo‘natildi.

"Umumiy og‘irligi qariyb 17 tonna bo‘lgan 135 ming dollardan ortiq insonparvarlik yordamining qolgan qismi keyingi charter yuk reyslari tashkil etilgandan so‘ng yuboriladi", - deyiladi xabarda.

Hozirda ushbu yordam Toshkent aeroportiga yetib kelgan. 

Avvalroq, 27 aprel hamda 11 may kunlari ham Koreya Respublikasidan insonparvarlik yordamlari O‘zbekistonga jo‘natilgan edi.