Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Koreyaga o‘qishga kiritib qo‘yaman deb 20300 AQSh dollarini o‘zlashtirgan firibgarlar qo‘lga olindi
15.06.2020 20:27,  
98

Asakada Koreya davlatiga o‘qishga yuborish bahonasi bilan fuqarolarning 20 300 AQSh dollarini qo‘lga kiritgan muassasa faoliyatiga chek qo‘yildi. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i Hayot Shamsuddinov xabar qildi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Asaka tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshirishda, “S.” nodavlat ta’lim muassasasi rahbari T.N. va boshqalar 2019 yil davomida bir necha fuqaroning ishonchiga kirib, ularni Koreya davlatidagi oliygohlarga o‘qishga kiritib qo‘yish hamda viza olib berish evaziga 3 ta holatda 20 300 AQSh dollari va 8 mln so‘mni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganliklari aniqlangan. 

Mazkur holat yuzasidan N.T. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан