Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Koreys kompaniyasi O‘zbekistonda elektr jihozlari ishlab chiqarishga $20 mln. tikmoqchi
29.06.2020 19:03,  
204

"O‘zeltexsanoat" uyushmasi raisi Mirziyod Yunusov va Janubiy Koreyaning "Dong-A Electric" kompaniyasining katta ijrochi direktori Kim Te U O‘zbekistonda elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qilishdi, deb xabar beradi Dunyo AA. 

Ilgari tomonlar birgalikda 20 million dollar miqdoridagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb qilish va 200 tagacha ish o‘rinlarini yaratishni ko‘zda tutuvchi investitsiya loyihasi pasportini ishlab chiqqan edilar.

Kim Te U ta’kidlashicha, O‘zbekiston bunday ishlab chiqarish uchun xom ashyoga boy va uni chuqur qayta ishlash yuqori qo‘shimcha qiymatga ega tayyor mahsulot ishlab chiqarishni tashkil etish imkonini beradi.

Onlayn muzokaralar chog‘ida Toshkent hokimiyati vakillari poytaxtning sanoat zonalarida mavjud bo‘lgan yerlar va ularni xorijiy investorlarga berish shartlari bilan tanishtirdilar.

Bo‘lajak korxona o‘zbekistonlik xodimlarining malaka oshirishlari masalalari ham muhokama qilindi.

Dong-A Electric 1955 yilda tashkil topgan va dastlab kimyo sanoatida ixtisoslashgan. 1977 yilda elektrotexnika ishlab chiqarila boshlandi. Kichik va o‘rta biznes sohasidagi taniqli kompaniya sifatida bir necha bor mukofotlarga sazovor bo‘lgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан