Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Koronata’sir: birinchi yarim yillikda tashqi savdo hajmi 18% ga kamaydi
21.07.2020 14:07,  
50

Joriy yilning dastlabki olti oyida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 15,855 milliard dollarga yetdi. Bu 2019 yilning mos davriga qaraganda 3,5 milliard dollarga yoki 18,2 foizga kam. Tegishli hisobot Davlat statistika qo‘mitasi saytida e’lon qilindi. 

Olti oy ichida eksport $6,285 mlrd.ni (22,6% ga pasaygan), import $9,57 mlrd.ni (15% ga pasaygan) tashkil etdi.

Fevral oyidagi biroz pasayishni hisobga olmasa, 2019 yilda tashqi savdo ayirboshlash hajmi har oy barqaror o‘sib borgan edi. 2020 yilda esa vaziyat boshqacha: yanvar va fevral oylarida tashqi savdo aylanmasi $2,9 mlrd.ni tashkil etdi, mart oyida u keskin ravishda $2,2 mlrd.ga tushdi (fevralga nisbatan 25,3 foizga). Eng katta pasayish may oyida qayd etildi - $2,161,6 mlrd. – 2019 yil mayiga nisbatan 1,158 milliard dollar kam. Iyun oyida bu ko‘rsatkich 2,871 milliard dollarni tashkil qildi.

Xitoy ikki oylik O‘zbekistonning asosiy tashqi savdo hamkori mavqeini Rossiyaga boy berib qo‘yganidan keyin, may oyida yana o‘z o‘rniga qaytdi va iyun oyida uni mustahkamladi: o‘zaro savdo hajmi $2,875 mlrd.ni tashkil etdi (eksport - $830 mln., import - $2,044 mlrd). Ikkinchi o‘rindagi Rossiya bilan o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 2.592 milliard dollarga yetdi (eksport - $663.9 mln., import - $1.928 mlrd). Undan keyin Qozog‘iston ($1,336 mlrd), Janubiy Koreya ($1,131 mlrd) va Turkiya ($886.6 mln). So‘nggi uch yil ichida O‘zbekistonning MDH mamlakatlariga eksport hajmi pasaydi — 35% dan 30,5% ga.

Eksport tarkibida 83,9% tovarlar bo‘lib, ular asosan quyidagi toifalarga kiradi: sanoat mahsulotlari (18,7%), oziq-ovqat va tirik hayvonlar (8,9%), kimyoviy mahsulotlar (6,1%). Oltin hamon asosiy eksport mahsuloti sifatida qolyapti. Eksport tarkibida oltin 33,8% ni yoki $ 2,125 mlrd.ni tashkil etadi.

Birinchi chorakda eksport hajmi 3,375 milliard dollarni, ikkinchi chorakda 464 million dollarga kamaydi va $2,910 milliardni tashkil qildi (pasayish 13,8%).

Tovar importi hajmi 1,262 milliard dollarga kamaydi va $8,913 milliardni tashkil qildi, xizmatlarning importi esa 657.4 million dollarga yetdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан