Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Koronavirus asab tizimini ham shikastlaydimi?
15.06.2020 18:40,  
429

Bugun AOKA huzuridagi shtabda Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi bosh inspektori Nurmat Otabekov ishtirokida brifing o‘tkazildi.
Unda muhim savol va murojaatlar yuzasidan javob qaytarildi.

Savol: Issiq kunda niqob taqish qiyin bo‘lyapti. Qachon bu talab bekor qilinadi?

Javob: Infeksiya havo tomchilari orqali yuqishini hisobga olsak, niqob taqish kasallikni oldini olishda muhim ahamiyatga ega. Uni qoidalarga to‘liq rioya etgan holda taqish kerak (ya’ni har 3 soatda almashtirib).

Savol: Koronavirus asab tizimini ham shikastlashi rostmi?

Javob: Ha, koronavirus butun asab tizimini ishdan chiqarishga qodir. AQShda o‘tkazilgan tadqiqotga ko‘ra, COVID-19 aksariyat bemorlarda nevrologik jihatdan namoyon bo‘lgan.

COVID-19 ko‘plab sabablarga ko‘ra nevrologik disfunksiyaga, masalan, miyada kislorod yetishmasligi yoki qon ivishining buzilishiga, natijada ishemik yoki gemorragik insult kelib chiqishiga olib keladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан