Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Koronavirus asoratlari odam organizmida yangilanishi mumkinmi?
19.05.2020 13:12,  
2217

Kecha AOKA shtabida Bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi.

Brifingda muhim savol va murojaatlar yuzasidan javob qaytarildi.

Savol: Koronavirus odam organizmida sitomegalovirus yoki gepatit viruslari kabi uzoq muddat saqlanib qolishi mumkinmi? Immunitet pasayganda yoki gripp mavsumida qaytalanishi va asoratlari yangilanishi mumkinmi?

Javob: Olimlar koronavirus kasalligi faol shakldan surunkali shaklga o‘tishi mumkinligini taxmin qilishmoqda. Ehtimol so‘nggi bir necha oy ichida Xitoyda infeksiyaning qaytalanishi bunga sabab bo‘lgandir.

Rossiyalik mutaxassislarning yana bir gipotezasi shundaki, yangi shtamm yuqori tezlikda mutatsiyaga uchraydi va odam organizmi unga qarshi antitanachalarni ishlab chiqarishga ulgurmaydi, shuning uchun qayta kasallanish ro‘y berishi mumkin.

Shuningdek, qayta yuqtirganlik haqidagi ma’lumotlar test sinovlaridagi xatolar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан