Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Koronavirus bemorlariga qanday oziq-ovqat mahsulotlari tavsiya qilinadi?
25.07.2020 18:06,  
817

Savol: Koronavirus bilan kasallangan bemorlar qanday oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilishlari kerak?

Ushbu savolga Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti UASh malakasini oshirish kafedrasi dotsenti Dilfuza Hasanova javob berdi:

Javob: Koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar uchun taomlar yengil hazm bo‘ladigan, vitamin, mikroelement va oqsilga boy bo‘lishi kerak. Taomlarni kichik hajmda barra salat va ko‘katlar bilan birga iste’mol qilish tavsiya etiladi.

Bular — qaynatma sho‘rvalar, qiyma go‘shtlaridan tayyorlangan kotletlar, teftellar, frikadelkalar, baliq go‘shti, tvorog, suvda qaynatib chala pishirilgan tuxum, dukkaklilardan tayyorlangan suyuq taomlar, arpa bo‘tqalari.

Shuningdek ko‘p miqdorda suyuqlik ichilishi maqsadga muvofiq. Turli meva sharbatlari, kompotlar, ko‘k choy, limon, smorodina, zanjabil, asal va malina choylari shular jumlasidan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан