Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Koronavirus bilan kasallanganda bosh aylanib, hushdan ketish holatlari ham kuzatiladimi?
28.07.2020 18:19,  
495

Bugun AOKA huzuridagi shtabda Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Habibulla Oqilov ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi. Unda pandemiya bilan bog‘liq vaziyat bo‘yicha savollarga javob qaytarildi:

Savol: Koronavirus bilan kasallanganda bosh aylanib hushdan ketish holatlari ham kuzatiladimi?

Javob: Bosh aylanib, hushdan ketish holatlari koronavirus kasalligiga xos emas. Lekin koronavirus kasalligining mavjud bo‘lishi mumkin bo‘lgan asoratlari bu holatga sabab bo‘lishi mumkin. Bosh aylanish va hushdan ketish asosan qon bosimi tushib ketishi, kamqonlik yoki yurak ritmining buzilishi natijasida yuzaga kelishi mumkin. Bunday holatlarda zudlik bilan shifokorga murojaat qilish lozim.

Savol: Emizadigan ayol koronavirus bo‘lsa, bolasini emizmaydimi?

Javob: Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining tavsiyalariga ko‘ra, emizadigan ayol koronavirus kasalligiga chalingan bo‘lsa, u barcha gigiyenik qoidalariga rioya etgan holda, bolasini emizishi mumkin.

Buning uchun ayol qo‘llarini yaxshilab sovunlab yuvib, ularga dezinfeksiya vositalari bilan ishlov berib, yuziga tibbiy niqob taqib imkon doirasida bola tomoniga emas, qarama-qarshi tomonga qarab nafas olishi lozim.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан