Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«Koronavirus bilan kasallanish holatlari ko‘payotgani haqidagi xabarlar asossiz» – SSV
16.02.2021 22:43,  
231

Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati rahbari Furqat Sanayev ijtimoiy tarmoqda koronavirus bilan kasallanish holatlari ko‘payotgani haqidagi xabarlarni asossiz ekanligini ta’kidladi.

Negadir  so‘nggi paytlarda mana shunday mazmundagi xabarlar ko‘payib qoldi. Qizig‘i, biz koronavirusga qarshi maxsus ochilgan yoki moslashtirilgan 159ta markazdan faqat 12tasi qolgani, Samarqand va Navoiy kabi viloyatlarda bunday komplekslar to‘liq yopilgani haqida e’lon qilayotgan paytimizda haqiqatga zid xabarlar tarqatilyapti.

Respublikamizdagi pandemiya bilan bog‘liq vaziyat barqaror, kasallikka chalinish holatlari kun sayin kamayib bormoqda, shifoxonalar yopilmoqda yoki konservatsiya qilinmoqda.

Xususan, Zangiotadagi 2-sonli yuqumli kasalliklar shifoxonasining “A” blogi to‘lig‘icha konservatsiya qilindi (ya’ni zarur holatda tezkor ishlashga shay holatda yopildi).

Umumiy hisobda 700 nafarga yaqin kishi davolanayotgan bu kompleksdagi aksariyat bemorlarda PZR testlar natijasida koronavirus infeksiyasi tasdiqlanmagan.

Ko‘pchilik koronavirusga shubha bilan borib, boshqa mavsumiy kasalliklardan davolanyapti.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан