Koronavirus bilan zararlanganlar soni million nafardan oshgan davlatlar 20 taga yetdi

Koronavirus bilan zararlanganlar soni million nafardan oshgan davlatlar 20 taga yetdi

Koronavirusni yuqtirganlar soni million nafardan oshgan mamlakatlar 20 taga yetdi. Ushbu ro‘yxatga Chexiya yigirmanchi bo‘lib qo‘shildi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatda virus bilan zararlanganlar soni 1 013 352 kishiga yetgan.

Dunyo bo‘yicha jami tasdiqlangan holatlarning qariyb 80 foizini ushbu yigirma mamlakat aholisi tashkil etmoqda. Ayni paytda sayyoramizda 104,4 million nafar odam ushbu infeksiya bilan zararlangan.

Ikki mamlakatda esa allaqachon virusni yuqtirib olganlar soni 10 mln. nafardan oshib ketdi. Xususan, AQShda pandemiya boshidan beri 26,55 mln., Hindiston 10,79 mln. kishida kasallik tasdiqlangan.

Shuningdek, eng ko‘p kasallik qayd etilgan 20 davlat ro‘yxatida Braziliya (9,34 mln.), Rossiya (3,91 mln.), Buyuk Britaniya (3,89 mln.), Fransiya (3,23 mln.), Ispaniya (2,91 mln.), Italiya (2,59 mln.), Turkiya (2,50 mln.), Germaniya (2,26 mln.), Kolumbiya (2,13 mln.), Argentina (1,96 mln.), Meksika (1,88 mln.), Polsha (1,53 mln.), Janubiy Afrika Respublikasi (1,46 mln.) Eron (1,44 mln.), Ukraina (1,27 mln.), Peru (1,15 mln.), Indoneziya (1,12 mln.) ham kirgan.

Chexiya 100 ming aholiga yuqtirganlarning ulushi bo‘yicha birinchi o‘rinda turibdi. Bu yerda har 100 ming kishidan 9,47 nafari virus bilan zararlangan. AQShda bu ko‘rsatkich 8,17 ming nafarni tashkil etmoqda.

Ayni paytda eng ko‘p bemorga ega mamlakatlar ro‘yxatida AQSh (9,78 mln.) yetakchi.