Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Koronavirus bo‘yicha maxsus komissiyaning qarorlari nega to‘liq e’lon qilinmayotgani izohlandi
10.04.2020 18:01,  
1472

Shu yilning 29 yanvar kuni “O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasini tashkil etish to‘g‘risida” Prezident farmoyishi qabul qilingan edi.

O‘zbekiston Adliya vazirligi koronavirus pandemiyasi masalasida tuzilgan Respublika maxsus komissiyaning qarorlari nima uchun to‘liq ko‘rinishda e’lon qilinmayotganiga izoh berdi.

“Maxsus komissiya qarorlari bayonnoma ko‘rinishida rasmiylashtiriladi va Komissiya barcha vakolatlarga ega.

Yodda tutish lozimki, Maxsus komissiya yuz berayotgan hodisalarga nisbatan tezkor javob berish maqsadida tashkil etilgan. Zarur bo‘lganda epidemiologik vaziyat o‘zgarishi natijasida yuzaga kelayotgan kompleks masalalarni yechish va ularga javob berish, jumladan, muammolarni turli xususiyatga ega bo‘lgan maxsus mexanizmlarni ishga solish orqali hal etish bilan bog‘liq kechiktirib bo‘lmaydigan qarorlarni qabul qilishga to‘g‘ri keladi.

Shu munosabat bilan Maxsus komissiya tomonidan qabul qilinayotgan qarorlar to‘liqsiz ko‘rinishda e’lon qilinyapti.

Shu bilan birga ushbu qarorlarning aholi va yuridik shaxslarga taalluqli qismlari Maxsus komissiyaning rasmiy bayonoti tarzida e’lon qilinmoqda.

Mazkur axborot har kuni aholi bilan muloqot qilish mumkin bo‘lgan barcha aloqa kanallari orqali tarqatilmoqda. Markaziy telekanallar orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri jonli efirga uzatilayotgan va yirik ijtimoiy tarmoqlar sahifalarida translyasiya qilinayotgan kundalik brifinglar qabul qilinayotgan qarorlarni tushuntirishga qaratilgan. Har bir qaror ixtisoslashgan mutaxassislar tomonidan sodda tilda tushuntirib borilmoqda.

Bundan tashqari, Komissiyaning barcha qarorlarini targ‘ib qilishga Maxsus komissiya va barcha davlat organlari ulkan sa’y-harakatlari safarbar qilishgan“, deyiladi Adliya xabarida.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан