Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Koronavirus bo‘yicha muhim kashfiyot arafasida bo‘lgan xitoylik olim o‘ldirib ketildi
7.05.2020 13:17,  
1055

​AQShning Pittsburg shahrida koronavirus bo‘yicha tadqiqot olib borayotgan olim Bing Lyu shanba kuni o‘z uyida o‘ldirib ketildi. Bu haqda “The Washington Post“ xabar berdi.

Politsiya xabariga ko‘ra, tibbiyot olimining boshiga, bo‘yniga qorniga va oyoq qo‘llariga o‘q uzilgan. Uynig uyi yaqinida avtomobil ichida yana bir erkak kishining jasada topilgan. U 46 yoshli Xao Gu – Bing Lyuning tanishi bo‘lib chiqqan. Keyinchalik do‘sti ham qotillik sodir bo‘lgan joy yaqinida o‘z joniga qasd qilgani ma’lum qilindi.

Universitet xodimlarining ta’kidlashicha, Bing Lyu koronavirusning hujayra mexanizmlari va uning asoratlari haqidagi kashfiyotga juda yaqin kelgan. 

Ma’lumot uchun, Bing Lyu Singapur Milliy universitetida bakalavr va doktor unvonini olgan. Undan so‘ng Pittsburgdagi Karnegi-Mellon Universitetida doktorlikdan keyingi izlanishlar o‘tkazish bilan shug‘ullanib kelayotgan bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, koronavirus qanday kelib chiqqani haqida haligacha aniq ma’lumot yo‘q. Olimlar virusni ko‘rshapalak organizmida paydo bo‘lgan deyishmoqda. Lekin AQSh Prezidenti Donald Tramp va davlat bosh kotibi Maykl Pompeo ushbu virus Uxan laboratoriyasidan chiqqanligi haqida dalillari borligini aytib kelmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан