Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Koronavirus chiqqan Izboskanda ommaviy tadbir o‘tkazildi
26.05.2020 15:26,  
414

Izboskan tumani 25 may kuni "Andijon namunasi" asosida tumanda "Sog‘lom hayot uchun 5000 qadam" shiori ostida piyoda yurish tashkil etdi.

"O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Andijon viloyatiga tashrifi chog‘ida andijonlik faollar bilan o‘tkazgan yig‘ilishida aholi salomatligini saqlash, ularni sog‘lom turmush tarziga rioya qilishlari uchun “Andijon namunasi” asosida har kuni kechki yurishni tashkil etish bo‘yicha bergan topshiriq ijrosini ta’minlash, tuman aholisini salomatligini yanada yaxshilash maqsadida Izboskan tumanida “Sog‘lom hayot uchun 5000 qadam” shiori ostida piyoda yurish tashkil etildi", deyiladi tuman matbuot xizmatida xabarida.

23 may kuni Izboskan tumanida yashovchi bir fuqaroda koronavirus infeksiyasi aniqlangan. Bu haqda tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi tomonidan ma’lum qilingan.

Shu tufayli bemor bilan muloqotda bo‘lgan 51 kishi karantinga olingan. Ularning orasida oila a’zolari bor. Bemor bilan ko‘chada muloqotda bo‘lgan 26 kishidan ham virusologik tahlil uchun surtma namunalari olingan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан