Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Koronavirus chiqqani uchun Toshkentdagi “16” va “1-gorbolnitsa” yopildimi?
19.03.2020 12:44,  
1222

Ijtimoiy tarmoqlarda poytaxtimizdagi  Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi (xalq tilida “16” deyiladi) va Toshkent shahar "Ibn Sino" nomli 1-son klinik shifoxonasi (1-gorbolnitsa) karantin tufayli yopilgani haqidagi xabarlar tarqaldi. Vaziyat yuzasidan Sog‘liqni saqlash vazirligi bayonot berdi.

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining bir bo‘limidagi shifokor o‘zida koronavirus infeksiyasiga shubha qilganligi bois, o‘sha bo‘lim ehtiyot chorasi sifatida ma’lum muddat karantinga olindi. Ammo ixtisoslashgan tahlillar natijasi shifokorda ushbu infeksiya yo‘qligini ko‘rsatgandan keyin markaz bo‘limidagi karantin tartibi bekor qilindi. Ayni paytda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi odatdagidek, uzluksiz faoliyat ko‘rsatmoqda.

1-son shahar klinik shifoxonasida esa  koronavirusga gumon qilinib, keyinchalik Respublika Virusologiya ilmiy tekshirish instituti klinikasida ushbu tashxis tasdiqlangan fuqaro o‘zini Turkiyada bo‘lganligini yashirib,  ma’lum vaqt shu shifoxonada bo‘lgan. Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, bu ayni o‘sha paytda mazkur shifoxonada koronavirus tarqaldi, degan yakuniy xulosa emas. Faqat Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti talablariga muvofiq ravishda va qat’iy ehtiyot chorasi  sifatida ushbu shifoxona ma’lum muddat karantinga olindi. Yaqin kunlarda davolash ishlari yana o‘z iziga tushiriladi.

Fursatdan foydalanib,  yana bir bor eslatib o‘tamiz, vazirlik koronavirus infeksiyasi borasida barcha rasmiy ma’lumotlarni ochiq, oshkora soatma-soat ommaviy axborot vositalarida e’lon qilib bormoqda.  Shu bois, Sog‘liqni saqlash vazirligi aholidan turli mish-mishlarga ishonmasliklarini so‘rab qoladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан