Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Koronavirus fonida musulmonlar Ramazonni qanday qarshilamoqda (fotojamlanma)
22.04.2020 19:53,  
931

Bir necha kundan keyin musulmonlar uchun muqaddas hisoblangan Ramazon oyi kirib keladi. Lekin bu yilgi Ramazon avvalgilariga umuman o‘xshamaydi. Qator musulmon mamlakatlar koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida taroveh namozlari, jamoaviy iftor o‘tkazilishini taqiqladi.

Musulmon dunyosi Ramazonni qanday kutib olmoqda. Quyidagi fotojamlanma shu haqda.

Foto: Reuters 

Ramazon munosabati bilan uyining tashqarisini bezatayotgan qohiralik yigit. Misr

Foto: Reuters 

Bozorlik qilib qaytayotgan tibbiy niqobdagi qohiralik ayol Sayida Zaynab masjidi oldidan o‘tib bormoqda. Misr

Foto: Reuters  

Ramazon buyumlari sotadigan do‘kon yonidan o‘tib borayotgan niqobdagi erkak. Bayrut, Livan.

Foto: Reuters 

Ramazon fonuslari sotadigan qohiralik sotuvchi o‘z mahsulotlarini tozalamoqda. Misr

Foto: Reuters 

Koronavirus sababli dezinfeksiyalanayotgan Qilich Ali Posho masjidi. Istanbul, Turkiya

Foto: Reuters 

Al Aqso masjidi yopilgach, musulmonlar uning tashqarisida ibodat qilishmoqda. Quddus, Isroil

Foto: Reuters 

Temanggung shahridagi masjidda ijtimoiy masofalanishga rioya qilib ibodat qilayotgan jamoat. Indoneziya

Foto: Reuters 

Dakardagi koronavirus tufayli yopilgan masjid balkonidan tashqariga boqayotgan niqoli kishi. Senegal

Foto: Reuters 

Ramazon fonuslari sotib olishga chog‘lanayotgan qohiralik ayol. Misr

Foto: Reuters 

Indoneziya masjidlarida juma namozidan oldin masjidga keluvchilarning harorati o‘lchanmoqda. Indoneziya

Foto: Reuters 

Bo‘m-bo‘sh Imom Abbos majmuasida o‘tirgan yolg‘iz erkak. Karbalo, Iroq

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан