Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Koronavirus: hammasi qachon tugaydi?
2.11.2020 11:06,  
2688

Kovid: Qachon hammasi tugaydi? - Yangi yil, bahorgacha? Yoki yillarcha, ehtimol o‘n yillarcha Kovid bilan yashaymizmi? Bu haqda salomatlik va ilm-fan bo‘yicha Bi-bi-si muxbiri Jeyms Gallaherning maqolasi bilan tanishing.

Kovid sababli dunyoning tishigacha zirqirab og‘riyapti desak, mubolag‘a bo‘lmaydi.

Do‘stlarni, yaqinlarni ko‘rmaslik, to‘ylarning qoldirilishi, bolalarning maktablardan qolishi, cheklangan erkinlik, tugagan karera, umumiy tushkunlik, xafalik va ko‘plab odamlarning vafot etishi yili bo‘ldi bu yil.

Xo‘sh, qachon hammasi o‘z o‘rniga tushadi? Britaniya Sog‘liqni saqlash vaziri Mett Henkokning "kavaleriyasi" - vaksina, ommaviy testdan o‘tkazish va yaxshiroq davolashlarga yetib borguncha oldimizdagi qishdan chiqsak, hammasi joyida bo‘ladimi?

Yoki yillarcha, ehtimol o‘n yillarcha Kovid bilan yashaymizmi?

"Kelasi yil yozgacha aytarli normal hayotga qaytishimiz mumkin, - deydi Liverpul Universitetidan prof. Julian Hiskoks. - Ammo besh yilgacha 2019 yildagi hayotga to‘liq qayta olmaymiz.

Ayrim olimlarning ishonishicha, virusni jilovlash uchun turmush tarzimizni doimiyga o‘zgartirishimiz kerak bo‘ladi.

So‘nggi manzilimiz

Oldimizdagi bir necha yilni o‘tkazvorganimizda ham, ko‘pchilik qabul qilgan fikrga ko‘ra, virus hamon bo‘ladi, endemik infeksiya sifatida yashayveradi.

Ammo bu hayot hozirgidek bo‘ladi degani emas. Biz bu virus bilan shunday munosabatga yetib boramizki, u hayotimizni hozirgidek izdan chiqarib yubormaydi. Bu avvalgi pandemiyalarga o‘xshash bo‘ladi.

Vaksina va infeksiyaning hayot davomida bir necha marta yuqtirilishi virusning o‘ta salbiy oqibatlariga qarshi odamlarda yetarlicha immunitet hosil qiladi.

"Bu o‘n yillar davomida kechadigan jarayon, - deydi Edinburg Universitetidan prof. Mark Vulhaus. - Muammo ana shu o‘n yilliklar mobaynida nimalar ro‘y berishida. U yoki bu darajada og‘riqsiz o‘tadigan yo‘lni ko‘rmayapman."

Kelgusi bir necha oy

Avvalo, qishdan chiqib olishimiz kerak. Bu yil biz uchun og‘ir kelishi kutilmoqda.

Ko‘proq vaqtimizni ichkarida o‘tkazar ekanmiz, salqin harorat virusning yashashiga qulay ekan, qish nafas yo‘llari infeksiyalari uchun ziyofat mavsumi bo‘ladi.

Cheklovlar juda yumshatilganda shitob tarqaydigan virusga qarshi hukumat kurashishga tayyorlanyapti. Britaniya hukumati o‘rtacha kunlik 22000 kasallanish holatlari bilan tinch yozni o‘tkazdi. Virus hozir hukumatning eng yomon ssenariysi - ikkinchi to‘lqin birinchisidan ancha og‘ir kelishi haqidagi bashoratidan ham to‘rt marta battarroq shaklda tez tarqalmoqda.

Bu yilgi Mavlud bayrami qanday o‘tishini hozir aytish mushkul.

Bahorning yaxshi kelishidan umid

Bahor uch muhim narsani olib kelishi mumkin:

Yaxshi ob-havo bois, odamlar ko‘proq vaqtini tashqarida, virus tarqalishini qiyinlashtiradigan muhitda o‘tkazadi.

Ko‘proq odam qish bo‘yi infeksiyaga chalingani bois, umumiy immunitet darajasi balandroq bo‘ladi.

Vaksina - emlashni boshlashimiz kerak bo‘ladi.

"Menimcha, biz yaqindagina o‘tkazgan yoz kasallanishlar kamroq bo‘ladi deb umid qilishimizga imkon beradi, chunki ko‘pchiligimiz Kovidni yuqtirib bo‘lgan bo‘lamiz, - deydi London Universitet Kollejiden prof. Kristina Peyjl. - Biz hali bu qishga qadam qo‘ymadik, shunisi umidsizlantiradi."

Uning yana bir karantinga tomon ketayotganimizga ishonchi komil.

"Agar 20 foizgacha odam Kovid yuqtirsa, bu kasallik tarqashini sekinlatadi va biz hatto vaksina bo‘lmasa ham kasallik kamayganini ko‘rishimiz kerak."

Shunday bo‘lsa ham, mavhumliklar bor. O‘tgan bahorda virus oson tarqaldi va kasallanish pastroq bo‘lsa ham, yoz bo‘yi yana ko‘tarilishni boshladi.

"Uchinsi to‘lqin ham bo‘lishi mumkin, - deydi prof. Vulhaus. - agar ikkinchi to‘lqin ham, uchinchisi ham jamoaviy immunitetni hosil qilishga yetarli bo‘lmasa va vaksina ham tayyor bo‘lmasa, to‘rtinchi to‘lqin kelishi mumkin."

Kelgusi 18 oygacha ahvol o‘nglanib ketadi deb o‘ylamayman.

Birinchi vaksina mukammal bo‘lishi ehtimoli oz

Kelasi yili vaksina nima karomat ko‘rsatishi borasida realist bo‘lish kerak. Karantinlar boshlanmasidan avval yozganimdek, vaksina va yaxshiroq davolash yo‘llari hozirgi ahvoldan chiqishning yagona strategiyasi bo‘lib qoladi.

Dunyo bo‘ylab 11 vaksina oxirgi bosqich sinovlardan o‘tmoqda. Ular qanchalik samarali, bizni qanday himoya qiladi va bu himoya qancha davom etadi, bularni bilish uchun natijalarni kutyapmiz.

Boshqa kasalliklar uchun vaksinalar turlicha. Ba’zilari infeksiyani yuqtirish oldini oladi, ayrimlari kasallik yengilroq o‘tishini ta’minlaydi. Ularning birortasi bir xilda ishlamaydi. Hukumatning ilmiy maslahat guruhi Kovid vaksinalari qanday ishlashi bo‘yicha ma’lumotlarni yaqin orada olishga umid qilmoqda.

Ammo sehrli tayoqchani kutishimiz kerakmas

Prof. Hiskoks birinchi avlod vaksinalari ayrim odamlarni kasalxonaga tushishi oldini olishi borasida "birmuncha nekbin", ammo infeksiya yuqtirish va tarqatish oldini olishi aniqmas deydi. Kovidga qarshiligi zaif guruhlar, masalan, keksalarni vaksina kuchli himoya qila olmasligi mumkin.

Prof. Vulhaus esa vaksina "o‘yinni butunlay o‘zgartiradi", deb ishonadi. Ammo tibbiy tadqiqotlar tarixi ko‘rsatadiki, vaksina vaqtida yetib keladi, deb ishonish "kalta o‘ylash" bo‘ladi. Shunda ham u millionlab odamlarni emlash uchun "logistik masalalar hal bo‘lishidan xavotirda" .

Vaksina ayrimlarni odamlar to‘liq himoyalanmagani holda cheklovlarni olib tashlash bo‘yicha "qiyin qarorlar" chiqarishga majbur qiladi, deydi u.

Normal hayotga qaytish uchun ham vaqt kerak

Ikki haftalik kuchaytirilgan karantinga kirgan Uelsni istisno qilsak, biz allaqachon karantindagiga nisbatan solishtirganda normal hayotga qaytdik - maktablar ochiq.

Hatto kelasi yili vaksina chiqqanda ham muayyan darajada ijtimoiy masofa saqlash davom etadi, deydi prof. Julian Hiskoks. Ammo hozirgidan ko‘ra yengilroq bo‘ladi. Uning ishonishicha, xavf guruhiga kiruvchi odamlar o‘zlarini panada tutishlari kerak bo‘ladi, chunki vaksina qanchalik himoya qilishi aniq bo‘lmaydi.

"Universitetdan qaytgan 18 yashar talabadek 85 yoshli buvingizni quchib ko‘risha olmasligingiz mumkin," deydi u.

Ammo normal hayotga qaytish uchun vaksina odamlarni kasallanishdan va uni tarqatishdan himoyalashi kerak. Uning aytishicha, bunga besh yil ketadi.

"Aksariyat odamlar uchun hayot doimiyga o‘zgardi, ortga qaytish bo‘ladi deb o‘ylamayman," deydi prof. Vulhaus.

"Yangicha normal hayot bo‘ladi"

Uning birmuncha optimistik fikriga ko‘ra, kasallik tarqalishini sekinlatadigan darajada umumiy immunitet shakllanadi va "inqiroz"lar bo‘lmaydi. Ammo biz niqob taqishni davom ettiramiz, qo‘lni yuvish va ijtimoiy masofa saqlashga e’tiborli bo‘lishimiz kerak bo‘ladi.

"Biz bunga, to hammasi joyiga tushguncha, yillar yoki o‘n yillar davomida ko‘nikamiz. Ikkinchi to‘lqin hammasi bitdi degani emas."

Prof. Peyjlning aytishicha "Kovid mavsumiy gripp kabi kasallikka aylanishi va odamlar hozirgidan ko‘ra uni osonroq o‘tkazishi mumkin". Ammo bu holat qishning avvalgilarga nisbatan og‘irroq o‘tishiga sabab bo‘ladi, kasalxonalarga bosim yanada ortadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан