Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Koronavirus haqida eng keng tarqalgan 10 mish-mish (video)
29.01.2020 10:08,  
2794

1. Kuchli spirtli ichimlik ichilsa virus halok bo‘ladi.

Spirtli ichimlik ichish virusga ta’sir qilmaydi. Faqatgina 75% dan yuqori bo‘lgan spirtgina viruslarni o‘ldirishi mumkin, shunda ham faqat teri yuzasida. Iste’mol qilingan kuchli spirtli ichimlik tanaga singishi mumkin, lekin virusni o‘ldirmaydi.

2. Uy hayvonlari virusni tarqatadi.

Hozirgacha uyda saqlanadigan mushuk va itlarning koronavirus bilan zararlanish holati kuzatilmadi, shu bois ularni uydan "badarg‘a" qilishga hojat yo‘q.

3. Antibiotiklar virusdan himoyalanishda yordam beradi.

Afsus, antibiotiklar bakteriyalarga qarshi kurashda yordam beradi, viruslarda esa ular foydasiz.

4. Bir necha qavat maska taqish virusdan himoyalashda yordam beradi.

Niqoblardan N95/KN95 turi yoki umumiy jarrohlik niqoblaridan foydalanish tavsiya etiladi. Niqobning bir qavati yetarli, uzoq vaqt bir necha qavat niqob taqilganda kislorod yetishmasligi oqibatida organizmda gipoksiya holati kuzatiladi.

5. Virus faqat qariyalarni zararlamoqda.

To‘g‘ri, immuniteti yaxshi yosh organizmning zaralanishi oson emas. Lekin bu ular zararlanmaydi degani ham emas. Yoshidan qat’iy nazar, har qanday yosh egasi o‘zini himoya qilishi kerak. Koronaviruslar nafas olish yo‘llari orqali yuqadi, shuni har doim hisobga olgan holda harakat qilish lozim.

6. Tamaki orqali virusdan himoyalanish mumkin.

Chekish hech qanaqasiga foyda bermaydi. Aksincha, u ayni koronovirus vaqtida nafas olish yo‘llarini zararlantiradi, yurak va buyrak faoliyatiga salbiy ta’sir qiladi, organizmning virusga qarshi kurash tizimini sustlashtirib virus yuqish ehtimolini oshiradi.

7. Tashqariga chiqqanda maxsus ko‘zoynaklar taqish virusdan himoya qiladi.

Bunga hojat yo‘q. Bunday maxsus ko‘zoynaklar bemorlar bilan ishlayotgan professional doktorlar uchun qo‘llaniladi.

8. Ishlatilgan niqobni dezinfeksiyalasa bo‘ladi.

Niqoblar bir martalik ishlatish uchun ishlab chiqarilgan bo‘lib, ularni ishlatib bo‘lgach, tashlab yuborish kerak. Ular aslida viruslarni to‘sa olmaydi, balki havodagi virus bo‘lgan odam nafas yo‘llaridan chiqayotgan suv tomchilaridan himoya qilish uchun taqiladi.

9. Piyoz va isiriq koronavirusda foyda beradi.

Piyoz tarkibidagi fitonsidlar bakteriyalarni o‘ldiradi, lekin viruslarni emas. Isiriq haqida ham shunday deyish mumkin.

10. Banandan koronavirus tarqalmoqda.

Haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan asossiz gap, boisi koronaviruslar o‘simliklarda yashamaydi. Ular faqat hayvonlarda bo‘ladi. Hozirgi 40 turdagi koronavirusning 7 tasi odamlarga yuqishi aniqlangan. Ularning barchasi odamga hayvonlardan yuqqan.

@hujayrauz kanalidan

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан