Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Koronavirus haqidagi xabarlar dunyo yangiliklarining 75 foizini​ tashkil qilmoqda
5.05.2020 18:26,  
143

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining Digiday nashriga asoslanib xabar berishicha, koronavirus haqidagi xabarlar dunyo yangiliklarining 75 foizini tashkil etmoqda

Bunda nashrlar pandemiya bilan bog‘liq so‘zlardan foydalanmaslikka harakat qilishmoqda, chunki reklama beruvchilar bu kabi so‘zlar mavjud materiallarda reklamalarni bloklamoqda — garchi “koronavirus“ so‘zi hanuzgacha trafiklarning sezilarli oshishini kafolatlayotgan bo‘lsa-da.

Bu so‘zlar o‘rniga — “hamma uyda qolganda“, “shu onda“, “ayni vaqtda“ iboralari tobora ko‘proq qo‘llanilmoqda. Masalan, “Business Insider” nashri jurnalist xodimlariga foydalanuvchilar pandemiya tufayli qidirishlari mumkin bo‘lgan “boshqa kalit so‘zlarni izlashni“ tavsiya qilmoqda.

“Peer39“ (kontekst targeting xizmati) aprel oyi davomida xizmat kuzatuvidagi 17% foydalanuvchining so‘rovi “koronavirus“ so‘zi bilan bog‘liq bo‘lganiga e’tibor qaratdi. Shuningdek, so‘nggi 3 haftada ushbu atamani qo‘llash yangiliklarda 5%ga, sport ma’lumotlarida 17%ga va san’at hamda ko‘ngilochar to‘g‘risidagi materiallarda 16%ga qisqardi.

Biroq “virusli“ atamalardan xalos bo‘lishga urinishlarga qaramay, aprel oyining dastlabki uch haftasida barcha yangiliklar ko‘lamida 52%, sport matnlarida 19%, san’at va ko‘ngilochar mavzularda 22% va biznes tarixiga oid materiallarda 22% gacha ushbu so‘zlar qo‘llangan sarlavhalar uchraydi.

Hozirda nashrlar ancha mushkul muammoga duch kelishmoqda. Bunday vaziyatda qanday yo‘l tutish lozim: voz kechish (yoki kalit so‘zlardan foydalanishda yondashuvni o‘zgartirish) va kam trafikka ega bo‘lish, biroq media tarmoqlarda reklama daromadini biroz oshirish yoki karantindan so‘ng auditoriyani saqlab qolish va pul ishlash umidi bilan auditoriyani kengaytirishda davom etish.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан