Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Koronavirus havfi tufayli Tojikiston Afg‘oniston bilan chegara nazoratini kuchaytirdi
25.02.2020 21:06,  
333

Tojikiston mamlakatning Afg‘oniston bilan chegara o‘tish nuqtalarida nazoratni kuchaytirdi. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Mirxamuddin Kamolzodaga tayanib asia-plus nashri xabar bermoqda.

Uning ta’kidlashicha, gap chegara o‘tish nuqtalarini to‘liq yopish haqida ketmayapti.

“Hozir xodimlarimiz chegarada va u yerda vaziyat nazorat ostida. Mamlakatimizga koronavirus kirib kelishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida chegara punktlarida va aeroportlarda Afg‘onistonning tegishli organlari bilan yaqindan ishlayapmiz”, — dedi Kamolzoda.

Uning qo‘shimcha qilishicha, bugungi kunga qadar Tojikistonda 1148 nafar fuqaro karantinda saqlangan. Hozirda ularning 882 nafari karantindan chiqarilgan.

Mavzuga doir: O‘zbekiston koronavirus sababli Afg‘oniston bilan chegarasini​ yopishi mumkin

Kecha qo‘shni Afg‘onistonda koronavirus bilan bog‘liq birinchi holat qayd etilganini xabar bergan edik.

Mavzuga doir: Xitoydan tashqarida ham koronavirus tarqalish xavfi dunyoni ostin-ustun qilmoqda

 

Koronavirus haqida barcha maqolalar

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан