Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Koronavirus “hindcha shtammi” Qozog‘istonga ham yetib keldi
21.06.2021 19:58,  
223

Qozog‘iston Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirus hindcha shtammining Nur-Sultonda ehtimoliy aylanishini aniqladi.Sputnik Qozog‘iston ma’lum qilishicha, poytaxtda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishning keskin o‘sishi munosabati bilan SSV koronavirusga chalingan bemorlardan olingan namunalarini PSR-skrining tekshiruvidan o‘tkazdi. Skrining natijalariga ko‘ra, "delta" shtammiga (hindcha) xos bo‘lgan mutatsiyani aniqlandi. 

Mutatsiya mavjudligi va uning "delta" shtammiga tegishli ekanligi yakuniy tasdig‘i DNK namunalarining to‘liq tahlili tugagandan so‘ng aniqlanadi.

Koronavirusning "Delta" turi juda yuqumli, aniqlangan shtammlarga qaraganda 60% ko‘proq yuqumli bo‘lib, o‘rtacha 1 kishidan 5-6 kishiga yuqadi, inkubatsiya davri (7 kungacha) qisqaroq bo‘lishi bilan farq qiladi.

Bu infeksiyaga chalingan bemorlarda bo‘g‘imlarda va qorin bo‘shlig‘ida qattiq og‘riq, ko‘ngil aynishi va qayt qilish alomatlarni sezadi, kasallik karlik va oyoqlarning mikrotromoziga olib kelishi mumkin. 

BSSTning ma’lumotlariga ko‘ra, 20 iyun holatiga SARS-CoV-2ning "delta" shtammi 74ta davlatida aniqlandi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан