Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Koronavirus: ijtimoiy tarmoqlar va internet-gigantlari nimalar qilmoqda
16.03.2020 18:47,  
775

Katta auditoriya doimo katta ijtimoiy mas’uliyat yuklaydi. Dunyoning eng mashhur internet kompaniyalari koronavirus haqida xabar berishda nimalarga e’tibor bermoqda?

Google:

Koronavirus to‘g‘risidagi so‘rovlarda batafsil tavsiyalarni, jumladan videomaslahatlar ham ko‘rsatyapti.

Play Market’da koronavirusga aloqador so‘rovlarni yashirib qo‘ydi.

Facebook:

Tibbiy niqoblar hamda koronavirusni davolaydigan dori vositalari reklamasini taqiqladi, qanday postlarni taqiqlash kerakligi haqida hukumat bilan bamaslahat ishlamoqda. Fitna nazariyasi va shu kabilarni ko‘rsatmayapti.

JSST va boshqa shunga o‘xshash tashkilotlarning virus haqida asosiy ma’lumotlarini bepul tarqatmoqda.

Sohaga doir tadqiqotlarni moliyalashtirmoqda. Virus qanday tarqalayotganini tushunish uchun o‘zining anonim ma’lumotlarini taqdim qilmoqda (aholi zichligi va boshqalar).

Yangiliklar qidirishda, vaziyat yomon bo‘lgan mamlakatlarda darhol virusni qidirishda maxsus pop-aplarni ko‘rsatadi

Instagram:

Feyk (yolg‘on) ma’lumotlarni o‘chirib tashlayapti, bir qancha postlarni faktcheking qilish uchun hamkorlari bilan bo‘lishmoqda.

Virusga aloqador heshteglarni bosganingizda JSST yoki shunga o‘xshash mahalliy tashkilotlar sahifasiga havola beradi.

Aloqador so‘rovlarda qidiruvlar ro‘yxatining eng tepasida JSST hamda Unicef tavsiyalari turadi.

Ba’zi mamlakatlarda lentaning yuqori qismida foydali manbalarga havolalar mavjud.

Tegishli tashkilotlarning ta’siridan tashqari virus bilan bog‘liq barcha AR-effektni taqiqlaydi.

YouTube:

Koronavirus haqidagi videoroliklar uchun monetizatsiyani faqat ishonchli manbalar uchun yoqib qo‘ygan.

Beshta mamlakatda koronavirus haqidagi asosiy materiallarga olib boradigan axborot bloklari ishga tushirildi.

Virusga oid davlat va nodavlat notijorat tashkilotlarning materiallarini bepul reklama qilib beradi.

Virus haqida yolg‘on xabar tarqatgan videolarni taqiqlab qo‘ydi.

Viber:

Jamoaviy qo‘ng‘iroqlardagi maksimal ishtirokchilar sonini ikki martaga oshirdi.

WhatsApp, Twitter:

Koronavirus haqida yolg‘on xabarlar, mish-mishlarni taqiqlab qo‘ydi.

Yandeks:

Virusga oid qidiruvlarda doimiy yangilanib turadigan virus haqidagi asosiy ma’lumotlarni ko‘rsatadi.

Asosiy sahifa bildirishnomalarida ko‘rinib turadigan, koronavirusga oid maxsus kanalni ishga tushirdi.

Virusning tarqalish xaritasini tuzdi.

Mail:

Ijtimoiy tarmoqdagi asosiy sahifa va maxsus sahifada virus bilan zararlanganlar soni to‘g‘risidagi ma’lumot berib boradi.

ICQ’da alohida axborot beruvchi kanal ishga tushirdi.

VKontakte:

Barcha yangiliklar tasmalarida va barcha menyular ostida JSST tavsiyalari bilan maqolalar joylashtirdi.

Koronavirusga daxldor yolg‘on xabarlarni taqiqlab qo‘ydi.

Odnoklassniki:

tekshirilgan 150 ta manbadan virus haqida yozuvlar bo‘lgan alohida yangiliklar lentasini joylashtirdi.

Asosiy lentaga muhim postlarga havola berilish funksiyasini qo‘shdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан