Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Koronavirus infeksiyasi onadan chaqaloqqa o‘tadimi?
30.04.2020 13:36,  
370

Mamlakatimizda homilador yoki tuqqan ayollar koronavirus infeksiyasiga gumon qilinsa, qanday yo‘l tutiladi? Shunday holatlarda qayerga murojaat qilish kerak? Ularning davolanish tartibi qanday bo‘ladi? Shu kabi savollarga Sog‘liqni saqlash vazirligi boshqarma boshlig‘i Barno Abdusamatova javob berdi.

—Ayting-chi, koronavirus infeksiyasi onadan bolaga o‘tadimi?

— Tug‘ruq murakkab jarayon. Ayrim yuqumli kasallikka chalingan onalarning farzandida onadagi infeksiyalar bo‘lmasligi mumkin. Ammo koronavirus butun dunyo shifokorlari uchun ham kutilmagan kasallik bo‘ldi. To‘g‘ri, koronavirus infeksiyasi mavjud bo‘lgan homilador ayoldan tug‘ilgan bolaga infeksiya o‘tadimi, degan savol har bir ayolning xayolidan o‘tishi tabiiy. Mutaxassislarning ma’lum qilishlaricha, yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda koronavirus infeksiyasi o‘tgan holatlar nisbatan kam qayd etilgan, bordi-yu ushbu infeksiya bolaga o‘tgan taqdirda ham barcha holatlar yengil shaklda kechgan.

Kasallangan homilador ayoldan tug‘ilgan chaqaloq, u tug‘ilgandan so‘ng 12-24 soat o‘tgach albatta koronavirus infeksiyasiga tekshiriladi. Natijalarni tasdiqlash uchun takroriy test 24 soatdan keyin amalga oshiriladi. Tekshiruv uchun biomaterial sifatida burun-xalqum yoki og‘iz-xalqumdan surtma olinadi.

— Koronavirus infeksiyasi mavjud bo‘lgan ona o‘z bolasini ko‘krak suti bilan oziqlantirishi mumkinmi?

— Hammamizga ma’lumki, ona suti turli kasalliklarni chaqiruvchi virus va mikroblarga qarshi kurashuvchi moddalarga boy bo‘ladi. Ya’ni, u bolada immunitet tizimining shakllanishida qatnashadi. Undagi immunoglobulinlar yangi tug‘ilgan chaqaloqni turli infeksiyalardan himoya qiladi, onadan bolaga immunitet o‘tishini ta’minlaydi. Shuning uchun ham, JSST koronavirus infeksiyasi mavjud bo‘lgan onaning salomatlik holatiga qarab emizishga ruxsat berilishini tavsiya etadi. Lekin, shuni esdan chiqarmaslik kerakki, virus onadan bolaga havo-tomchi hamda to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqot yo‘li orqali o‘tishi mumkin.

Shu bois, onalar chaqaloqlarni parvarishlash va emizish jarayonida niqobdan foydalanishlari, uni ishlatishdan oldin va keyin qo‘llarini yaxshilab yuvishlari hamda xonadagi barcha buyumlarni xlorli eritmalar bilan dezinfeksiyalab turishlari shart.

MAVZUGA DOIR: Muddatiga yetmagan ​homilador ayolda koronavirus aniqlansa, homiladorlik davom ettiriladimi?​

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан