Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Koronavirus: Italiya karantin muddatini uzaytirdi, kasallanganlar soni kamayishiga umid paydo bo‘ldi
31.03.2020 12:12,  
828

Italiya joriy yilning 11 martida o‘rnatilgan umummiliy karantin tartibini Pasxa bayramigacha uzaytirdi. Shu bilan birga mamlakatda koronavirusga chalinish holatlari pasayishiga umid paydo bo‘ldi. 

Dushanba kuni yana 4 050 nafar kishida koronavirus aniqlandi. Bu so‘nggi 13 kun ichidagi (17 martdan boshlab) eng past ko‘rsatkich. Bir kun avval, yakshanba kuni 5 217 ta yangi holat haqida xabar berilgandi. Shuningdek, dushanba kuni epidemiya boshlanganidan buyon eng ko‘p sondagi bemor – 1 590 kishi kasallikdan tuzaldi. Ayni paytda, Italiya koronavirusdan kasallanganlar soni 100 000 kishidan oshgan dunyodagi ikkinchi davlatga aylandi.

Kecha o‘lim holatlari 812 taga yetdi, o‘tgan kuni bu ko‘rsatkich 756 ta edi.  

Italiya rasmiylari kasallik bir haftadan sal ko‘proq vaqt ichida o‘zining avj nuqtasiga yetishiga ishonyapti. Hozirning o‘zida ushbu mamlakat COVID-19 kasalligidan halok bo‘lganlar soni bo‘yicha dunyoda yetakchi o‘rinda ketyapti. 

Hukumat Italiyada shu paytgacha 11 591 kishi koronavirusdan halok bo‘lganini bildirdi.

Dushanba kuni mamlakatda yana 11 nafar doktor ayni kasallikdan vafot etib, ularning soni jami 61 kishiga yetgan.

Bu voqealar manzarasida shu hafta juma kuni o‘z nihoyasiga yetishi kutilgan karantin tartibi kelasi yakshanba nishonlanadigan Pasxa bayrami – 12 aprelgacha cho‘zildi.

Italiyaliklar uch haftadan buyon qat’iy karantin tartibi ostida yashab kelyapti: ko‘plab do‘onlar, bar va oshxonalar yopilgan; ko‘chaga faqat o‘ta zaruriy narsalarni olish uchun chiqishga ruxsat beriladi. 

Mamlakat janubidagi Pugliya viloyati gubernatori o‘tgan shanba kuni joriy cheklovlar may oyigacha saqlanib qolishi kerakligini aytgandi.

Yevropaning boshqa davlatlarida nima bo‘lyapti?

  • Ispaniyada koronavirusga chalinganlar soni 85 195 kishiga yetdi. Bu ushbu epidemiya boshlanganidan beri uchinchi davlat uning manbasi bo‘lgan Xitoydan o‘tib ketganini bildiradi. Shuningdek, Ispaniya o‘lim holatlari bo‘yicha ham Italiyadan keyingi o‘rinda turibdi: shu paytgacha jami 7 716 kishi vafot etdi. Biroq mamlakat Tashqi ishlar vaziri Arancha Gonsales kasallikka chalinishning so‘nggi raqamlari uning o‘sishi sekinlashayotganini bildirishini aytdi.
  • Germaniyada COVID-19 tufayli vafot etayotganlar soni Italiya va Ispaniyaga solishtirganda juda kam. Biroq dushanba kuni ushbu kasallikka chalinganlar soni 4 450 kishiga oshib, jami 66 885 nafarga yetdi.
  • Vengriya hukumati mamlakatda kengaytirilgan favqulodda holat tartibini e’lon qildi, bu unga qarorlar bilan ish tutish imkonini beradi. Bosh vazir Viktor Orban favqulodda choralarni bosqichma-bosqich amalga oshirishga va’da berdi. Biroq uning muxoliflari, xususan, mamlakat tashqarisidagi inson huquqlari tashkilotlari Orbanni demokratiyani yo‘q qilayotganlikda ayblab chiqdi. Chunki favqulodda holatning tugash muddati belgilanmagan, inqiroz haqida rasmiylarga yoqmaydigan xabar tarqatgan jurnalistlar esa qamoqqa hukm qilinishi mumkin.
  • Moskvaning 12 million aholisi karantin tartibiga o‘tdi. Rossiya hukumati epidemiya tarqalishining oldini olish uchun shunday qarorga keldi.
  • Avstriyada dushanba kunidan boshlab do‘kon ichida ishlovchi xodimlar ham tibbiy niqob taqishi majburiy bo‘lishi e’lon qiilindi.  

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан