Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Koronavirus - jazomi, balomi, azob?
27.01.2020 18:40,  
2820

Xitoyda koronavirus tarqalgani munosabati bilan har xil postlar o‘qiyapman. Ba’zilar koronavirusning Xitoydan chiqqaniga chinakamiga xursand bo‘lib, “bu Xitoyning uyg‘urlarga zulmi uchun Allohning jazosi” deb talqin etmoqdalar. “Battar bo‘llaring, xitoy kofirlari, har bir uyg‘ur qoni uchun bir xitoylik virusdan it o‘limini topishiga roziman” degan izohlarni o‘qidim.

To‘g‘ri, bu o‘latga o‘xshagan kasallik - Allohning balosi. Lekin, uni Alloh Xitoydagi zulmlar sabab xitoy xalqi boshiga azob etib jo‘natdi, degan aqida - xato. Zero, epidemiya millat va dinni tanlab o‘tirmaydi. Koronavirus: "yo‘q, bu musulmon ekan, xitoy emas ekan, tegmayman" deb orqa o‘girib ketmaydi.

Xitoyda zulmni butun xalq emas, uning boshqaruvchilari, hukmron partiya vakillari qilyapti. Ular nafaqat musulmon uyg‘urga, balki Tibetdagi buddistga ham, Hongkongdagi o‘zi kabi xitoylikka ham zulm qilyapti. Bu yerda yoppasiga xalqni ayblash - katta xato.

Allohning rasuli (s.a.v.) boshqa qavm uchun kelgan balolarga xursand bo‘lishni buyurganmi? Sahobai kiromlar hayot bo‘lgan paytlarda ham epidemik vabo tarqalgan. Vabo musulmon yurtlarni ham, kufr diyorini ham chetlab o‘tmagan. Musulmon bo‘lmagan diyorda tarqalgan o‘lat uchun esa mo‘minlar hech qachon xursand bo‘lmagan.

Aksincha, vabodan qutulish yo‘llarini qo‘llagan. O‘sha davrlardayoq, "Vabo bor yerda bo‘lsang - u yerdan chiqma, vabo tarqalgan joyga - kirma" prinsipi asosida ish tutishgan. Hatto, g‘arb tarixchilari musulmonlarning bu prinsipini dunyo sanitariya-epidemiologiyasining asosi deb ta’kidlaydi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан