Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Koronavirus kimlarga yuqmaydi?
14.09.2020 15:24,  
2701

Bugun AOKAda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Sevara Ubaydullayeva ishtirokida brifing o‘tkazildi. Brifingda aholidan kelgan murojaat va savollarga javob qaytarildi.

— Koronavirus kasalligi kimlarga yuqmasligi haqida ma’lumotlar mavjudmi?

— JSST tomonidan bu kasallikka hamma chalinishi mumkinligi to‘g‘risida ma’lumot berilgan. 

Bugungi kunda niqob taqib yurish, ijtimoiy masofa saqlash, qo‘llarni doim sovunlab yuvish yoki antiseptik vositalar bilan ishlov berish hamda imkon qadar o‘zini alohidalagan shaxslarga kasallik yuqish ehtimoli pasayadi yoki virus organizmga tushishi kamayadi. 

Odamlar bilan muloqotni umuman cheklagan insonlarga virus yuqmasligi mumkin. 

Biroq ta’kidlash lozimki, bugungi pandemiya davrida inson hayoti davomida bu infeksiya bilan baribir to‘qnashadi va o‘shal davrda koronovirusning kasallik chaqirish qobiliyati kamaygan bo‘lsa bu kasallikni yengil kechirishi mumkin. 

Shuningdek, bugungi kunda kasallanib o‘tganlar organizmida neytral antiatanachalar hosil bo‘lsa, bu insonlarda turg‘un immunitet hosil bo‘lishi va koronavirusga kayta chalinmasligi to‘g‘risida Yevropa olimlari tadqiqotlari natijasi bo‘yicha ma’lumot berildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан