Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Koronavirus ko‘proq qaysi kasb egalarini mag‘lub etmoqda
30.01.2021 10:38,  
673

Kaliforniya universiteti Global tibbiy fanlar instituti olimlari koronavirus tufayli o‘lim xavfi yuqori bo‘lgan kasblarni aniqlashdi.

Shunday qilib, shifokorlardan keyin oziq-ovqat sanoati va qishloq xo‘jaligi xodimlari eng zaif guruh bo‘lib chiqdi. Odatdagi o‘lim holati bilan taqqoslaganda, ularda bu ko‘rsatkich 39 foizga oshgan. Undan keyingi o‘rinlarda transport va logistika ishchilari bormoqda. Ular orasida o‘lim darajasi 28 foizga o‘sgan.

Uchinchi guruhdan ishlab chiqarish korxonalarida mehnat qiladigan odamlar — 27 foiz, shuningdek, ishlab chiqarish sanoati mutaxassislari joy olishdi. Ular orasida o‘lim ko‘rsatkichi 23 foizga oshgan.

Olimlar bunday tadqiqot natijalarini 2020 yilning mart oyidan oktyabr oyigacha Kaliforniyadagi COVID-19 bemorlarining anketa ma’lumotlarini tahlil qilish orqali olishdi. Umuman olganda, ushbu davrda mintaqada o‘lim darajasi 22 foizga oshgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан