Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Koronavirus mavsumiy kasallikka aylanadi — xitoylik olim
29.04.2020 23:53,  
843

Xitoy Tibbiyot fanlari akademiyasining Patogen biologiya instituti olimlari koronavirus yo‘q bo‘lib ketmaydi va har yili mavsumiy gripp kabi qaytib keladi, deb hisoblamoqda.

Olimlar so‘zlariga ko‘ra, Covid-19 o‘n yetti yil oldin yo‘q bo‘lib ketgan qarindoshi SARS virusidan farq qiladi. Ta’kidlanishicha, SARS virusini yuqtirib olgan tezda kasallanadi. Chunki uning alomatlari yaqqol namoyon bo‘ladi. Karantin joriy etilgach, kasallik tarqalishi to‘xtatilgan.

Ammo ko‘p holatlarda, COVID-19 asemptomatik bo‘lib (ya’ni alomatlarsiz), virus yashirin tarzda tarqaladi, shuning uchun uning tarqalishini to‘xtatish mutlaqo mumkin emas. Xitoyda har kuni o‘nlab simptomlari mavjud bo‘lgan o‘nlab koronavirus holatlari qayd etilmoqda.

"Yehtimol, bu uzoq vaqt davomida insoniyat bilan birga yashaydigan va mavsumiy kasalliklarga aylanadigan epidemiyalarga o‘xshaydi", - dedi Xitoy Tibbiyot fanlari akademiyasining Patogen biologiya instituti direktori Szin Si.

Shuningdek, o‘n yildan beri koronavirusning to‘rtta turi ustida izlanish olib borayotgan amerikalik olimlar gripp epidemiyasi kabi mavsumiy xarakterda bo‘lishi mumkinligini bildirdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан