Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Koronavirus miyani yemirishi, bepushtlikka sabab bo‘lishi rostmi?
23.07.2020 14:46,  
1856

Bugun AOKA huzuridagi shtabda Sanitariya - epidemiologiya nazorati Davlat inspeksiyasi rahbari Nurmat Otabekov ishtirokida brifing o‘tkazildi.

Brifingda muhim savollarga javob qaytarildi.

— Koronavirusning og‘ir shakli bilan kasallanib tuzalgan bemorlarda asosan qanaqa ko‘rinishdagi alomatlar saqlanib qolmoqda?

— Koronavirus infeksiyasining og‘ir shakli bilan kasallangan bemorlar organizmida  tromboemboliya, tromboz, o‘pka arteriyasi tromboemboliyasi yoki o‘tkir koronar yetishmovchilik kabi  poliorgan o‘zgarishlar yuzaga kelganligi sababli  kasallikdan tuzalgandan keyin ba’zi bemorlarda o‘pka hayotiy sig‘imining (jiznenniy ob’yem legkix) 20-30% ga kamayishi, shuningdek,  alveolalar devorlarida biriktiruvchi to‘qimani yuzaga kelishitufayli kasallikdan so‘ng o‘pka fibrozi kuzatilishi mumkin, bu esa harsillash, surunkali kislorod yetishmovchiligiga olib keladi.

Bundan tashqari yurak-qon tomir tizimida, buyraklarda va asab sistemasida ham  patologik o‘zgarishlarni keltirib chiqarishi mumkin.

— Koronavirusning yengil formasi bilan kasallanib tuzalgan bemorlarda asosan qanaqa asoratlar qolishi kuzatilmokda?

— Turli tasdiqlanmagan manbalarda koronavirusdan davolangandan so‘ng miya yemirilishi, bepushtlik kabi asoratlar qoladi, degan ma’lumotlar tarqamoqda.

Kasallikning tibbiy patogenezi bilan tanishmagan holda bunday gaplarni tarqatish noo‘rin. 

Koronavirusning yengil shaklini boshdan kechirgan bemorlarda kasallikdan tuzalgandan keyin deyarli asoratlar kuzatilmayapti.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан