Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Koronavirus Moskvadagi muhojirlarning to‘rtdan uch qismini ishsiz qoldirdi
8.07.2020 13:44,  
178

Rossiya Xalq xo‘jaligi va davlat boshqaruvi akademiyasining (RANXiGS) tadqiqotchilari butun Rossiya boylab 2 mingga yaqin o‘zbekistonlik va qirg‘izistonlik muhojirlar orasida so‘rovnoma o‘tkazdi va Rossiyadagi mehnat muhojirlari bilan pandemiya paytida sodir bo‘lgan voqealarni tahlil qildi.

Inqiroz davri mehnat muhojirlariga mahalliy aholiga nisbatan kuchliroq ta’sir qildi, ammo muhojirlarning ishini yo‘qotishi sababli jinoyatchilikning ko‘payishi mumkinligi haqidagi qo‘rquv amalga oshmadi.

Epidemiya davrida mehnat muhojirlarining qariyb yarmi ishsiz qoldi (ruslar orasida 23%). Agar ish haqi to‘lanmagan ta’tilga chiqishga majbur bo‘lgan ishchilar ham hisobga olinsa, ishsiz qolganlarning ulushi 75% gacha o‘sadi ( ayni ko‘rsatkich mahalliy aholi bo‘yicha 48%). Rossiyadagi muhojirlarning yarmi va Moskvadagi 54 foizi "barcha daromad manbalarini yo‘qotganliklarini" aytdi. Ruslar orasida bu ulush ikki baravar kam - butun Rossiyada 27% va Moskvada 30%.

Migrantlarning uchdan bir qismida (Moskvada 38% va Rossiyada esa 42%) ozroq jamg‘arma bo‘lgan - ammo bu moliyaviy yostiq uch oylik karantindan omon qolish uchun yetarli emas edi. Ko‘pchilikda pul yetmay qolgan va ular uchun jismoniy tirik qolish masalasi paydo bo‘lgan, deydi tadqiqot mualliflari.

Mart oyi oxirida Rossiya o‘z chegaralarini yopib qo‘yganida va muhojirlar o‘z mamlakatlariga qaytish imkoniyatidan mahrum bo‘lganlarida, bu muhojirlar orasida jinoyatchilikning keskin oshishiga olib keladi, degan fikrlar paydo bo‘lgan edi. Ammo tadqiqot bunday bo‘lmaganini ko‘rsatdi.

Etnik birdamlik va o‘zaro yordam muhojirlarga inqirozdan omon qolishga yordam berdi. Pandemiya paytida notanish odamlarning ehtiyojlariga e’tiborliroq bo‘lib, yordam berishni istadingizmi, degan savolga muhojirlar rossiyaliklarga qaraganda 1,5 baravar ko‘proq ijobiy javob berdi. 

Qo‘rquvdan farqli o‘laroq, muhojirlar ham koronavirus infeksiyasining xavfli tashuvchisi bo‘lmagan. Shunday qilib, muhojirlarning 48% hech qachon do‘stlarini kutib olish, sport bilan shug‘ullanish yoki toza havoda sayr qilish uchun o‘z uylarini tark etishmagan. Ruslar orasida bu ulush 42 foizni tashkil etdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан