Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Koronavirus - plastik buyumlarning hayotga qaytishi (fotojamlanma)
3.07.2020 12:00,  
663

2019 yil butun dunyoda atrof-muhitni saqlab qolish uchun o‘tkazilgan turli xil aksiyalar, namoyishlar, mitinglar bilan yodda qoldi. Hatto maktab yoshidagi shved faoli Greta Tyunberg BMT minbarlarida, dunyoning yetakchi davlatlari rahbarlari bilan uchrashuvlarda nutq so‘zlab, ularning e’tiborini iqlim o‘zgarishlariga qarata oldi (Time jurnali Gretaxonni "Yil odami" sifatida tanlagani ham bejiz emas). Amazonka, Avstraliya, Janubi-Sharqiy Osiyodagi o‘rmon yong‘inlarini ko‘rgach, dunyo hamjamiyati ham o‘z e’tiborini tabiatni asrashga qaratdi.

Ona tabiatni eng ko‘p ifloslantirayotgan vositalardan biri, shubhasiz plastikdan tayyorlagan buyuumlardir. Shu sababli dunyoning turli mintaqalarida "yashillar" harakatlari plastik buyumlarni butunlay iste’moldan chiqarish tarafdoriga aylandi. Hatto O‘zbekistonda ham shunday tashabbus bilan bir martalik foydalaniladigan selofan paketlarni bepul tarqatish taqiqlangan edi.

Lekin 2020 yilning kutilmagan ibtidosi barcha o‘yin qoidalarini o‘zgartirib yubordi. Dunyo yana plastikka ehtiyoj seza boshladi. Joriy yilning dastlabki yarim yilligida katta miqdorda plastik mahsulotlar: qo‘lqoplar, niqoblar hamda tibbiy ko‘zoynaklar ishlab chiqarila boshlandi. Shuningdek, bir martalik tozalash vositalari va suyuq sovunlardan foydalanish karrasiga ortdi. Quyida suratlar orqali butun dunyo plastik buyumlar orqali koronavirus pandemiyasiga qarshi qanday kurashayotganini hikoya qilamiz.

Foto: Frederic J Brown/AFP/Getty 

Kaliforniyada alohida-alohida "qutilarda" shug‘ullanayotgan sportchilar, AQSh

Foto: Lillian Suwanrumpha/AFP/Getty 

Bangkokdagi Praram 9 kasalxonasida yangi tug‘ilgan chaqaloq, Tailand

Foto: Phill Magakoe/AFP/Getty 

Yoxannesburgda gullar auksionidagi ishtirokchilar, JAR

Foto: Ed Jones/AFP/Getty 

Seuldagi Hyudai kredit kartalar kompaniyasi xodimlari tushlikda, Janubiy Koreya

Foto: Héctor Retamal/AFP/Getty 

Uxanda mototsikl haydab ketayotgan erkak, Xitoy

Foto: Jorge Guerrero/AFP/Getty 

Granadada bozor qilib kelayotgan ayol, Ispaniya

Foto: Eva Hambach/AFP/Getty 

Ansambl Vashingtonda jonli efirdagi konsertdan oldin ovozini tekshirmoqda, AQSh

Foto: Narinder Nanu/AFP/Getty 

Amritsar politsiyasi sherigining shaxsiy himoya vositasini to‘g‘rilab qo‘ymoqda, Hindiston

Foto: Alain Jocard/AFP/Getty 

Parijdagi restoranda tushlik qilayotgan juftlik, Fransiya

Foto: Denis Charlet/AFP/Getty 

Burburdagi qariyalar uyiga erini ko‘rish uchun kelgan ayol, Fransiya

Foto: Óscar del Pozo/AFP/Getty 

Kamarma-de-Esteruelas shahrida tish shifokori va uning yordamchisi operatsiyaga hozirlik ko‘rmoqda, Ispaniya

Foto: Dimitris Lambropoulos/AFP/Getty 

Santorinidagi plyajda soyabon va quyosh chodirlar, Gretsiya

Foto: Andrew Caballero-Reynolds/AFP/Getty 

Virjiniyada salonini ochishga chog‘lanayotgan sartarosh, AQSh

Foto: Manan Vatsyayana/AFP/Getty Images 

Hanoydagi taksichi, Vetnam 

Foto: Philip Fong/AFP/Getty 

Nikkodagi Kinugawa boshlang‘ich maktabi kutubxonasidagi bolakaylar, Yaponiya

Foto: Yuri Dyachyshyn/AFP/Getty 

Lvov shahridagi dorixonachilarning odatiyga aylanayotgan ish faoliyati, Ukraina

Foto: Nelson Almeida/AFP/Getty 

San-Pauludagi qariyalar uyidagi onasini quchayotgan qiz, Braziliya

Foto: Vivek Prakash/AFP/Getty Images 

Bangkokdagi bozorda chaqalog‘iga g‘amxo‘rlik qilayotgan ona, Tailand

Foto: Oli Scarff/AFP/Getty 

Manchesterda tashlab ketilgan qo‘lqop, Buyuk Britaniya

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан