Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Koronavirus qanday haroratda o‘lishi aniqlandi
17.04.2020 10:52,  
6643

Fransiyaning Provans universiteti olimlari koronavirus 15 daqiqa davomida 92℃ haroratda o‘lishini isbotlashdi. Bu haqda bioRxiv nashri xabar qildi.

Tadqiqotchilar eksperiment uchun COVID-19ni 60℃ haroratda 1 soat davomida qizitdilar. Ushbu holatda ham virusning ayrim shtammlari ko‘payishda davom etdi.

Ta’kidlanishicha, 60℃ haroratda qizdirish aksariyat laboratoriyalarda dezinfeksiya standarti sifatida qabul qilingan.

Tadqiqot davomida olimlar koronavirus shtammini ikkita probirkaga - sterillangan va biomaterialli idishlarga o‘tkazishdi. Aniqlanishicha, standart qizitish jarayonidan so‘ng shtamm faqatgina toza vositada faollikdan to‘xtaydi.

Biomaterialli probirkadagi virus faqatgina 92℃ haroratda qizdirilganda o‘ldi.

Mutaxassislarning aytishicha, viruslarni dezinfeksiya qilish uchun standart jarayon faqatgina virus miqdori kam bo‘lgan holatlarda qo‘llanishi mumkin. Yuqori yuklamali viruslarni o‘ldirish uchun standart dezinfeksiya foyda bermaydi.

Avvalroq Gonkong universiteti tadqiqotchilari yangi turdagi koronavirus  56°C haroratda 30 daqiqa ishlov berilgandan so‘ng yoki 70°C haroratda 5 daqiqa ishlov berilgandan so‘ng o‘lishini aytishgan edi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан